Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston AQShdan sotib olingan yangi qurollarni Xitoy bilan chegarada joylashtirdi
Butan va Tibetga yondosh Tavang tekisligiga Chinook vertolyotlari, 155 mm kalibrli o‘ta yengil M-777 gaubitsalari keltirilmoqda.
Hindiston AQShdan yaqinda sotib olgan qurollar, jumladan, vertolyot va artilleriya tizimlarini shimoli-sharqqa, Xitoy bilan chegara bo‘ylab joylashtirmoqda. Bu haqda The Economic Times gazetasi xabar berdi.
Nashrning yozishicha, texnikalar Butan va Tibetga yondosh Tavang tekisligiga joylashtirilmoqda. Mazkur hududga Chinook vertolyotlari, 155 mm kalibrli o‘ta yengil M-777 gaubitsalari keltirilmoqda. Bundan tashqari, bu yerda joylashgan harbiy qismlar xizmatchilari yangi SIG Sauer 716 vintovkalari bilan ta'minlangan.
“Jangovar tog‘ korpusi to‘liq shay holatga keltirildi. Barcha bo‘linmalar to‘liq shay va ta'minlangan”, – deya Hindiston qurolli kuchlari sharqiy qo‘mondonligi bosh qo‘mondoni general-leytenant Manoj Pandening so‘zlaridan iqtibos keltiradi gazeta.
Hindiston va Xitoy o‘tgan asr o‘rtalaridan buyon Kashmir shimolidagi chegaradosh tuman va Arunachal-Pradesh shtati chegarasidagi qariyb 60 ming kvadrat kilometr maydon borasida bahslashib keladi. 1962 yilda mazkur bahs ikki davlat chegarachilari o‘rtasida urush keltirib chiqargan.
2020 yil yozida Sharqiy Ladakxda Hindiston va Xitoy armiyalari o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi. Qator muzokaralardan so‘ng joriy yil fevralida ikki davlat qo‘shinlari chegaradagi bahsli hududlardan olib ketildi.
Mavzuga oid
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
11:20 / 01.07.2026
Rossiya 7 ta temiryo‘l chegara punkti faoliyatini to‘xtatdi
11:04 / 30.06.2026