Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Issiq suv uchun suvning haroratiga qarab pul to‘lash tartibi o‘rnatiladi” - Qurbon Tursunov
Yangi loyihalar markaziy hisoblagich orqali amalga oshiriladi, bu aholiga suvning haroratiga qarab pul to‘lash imkonini beradi.
Issiqlik ta'minoti uchun hisoblagich orqali pul to‘lash amalga oshiriladi, dedi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari Qobil Tursunov 28 oktabr kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.
“Bundan keyin barcha loyihalarimiz markaziy hisoblagich orqali amalga oshiriladi. Hozir odamlar 70 darajali suvga ham, 60 darajaga ham, 75 darajaga ham bir xil to‘lov qilmoqda. Hisoblagich bo‘lsa, odamlar yuqori haroratli suv uchun ko‘proq, past haroratli suv uchun kamroq pul to‘laydi. Afsuski, bu loyihani endi amalga oshiryapmiz, bundan keyin bo‘ladigan loyihalar hisoblagich bilan amalga oshiriladi”, — deb ta'kidladi u.
Shuningdek, vazir o‘rinbosari aholining issiqlik ta'minotidan qarzdorligi borasida gapirdi.
“Aholining issiqlik uchun qarzi 2 trillion 100 million so‘mga teng. O‘z navbatida issiqlik ta'minoti korxonalarining gaz, elektr, sovuq suvdan qarzi 2,5 trillion so‘m bo‘lmoqda. Joyiga chiqib undirish ishlari bo‘yicha tushuntirishlar, ogohlantirishlar, sud organlariga murojaat qilib majburiy undirish choralari ko‘rilmoqda.
Aholining 50-60 foizi to‘lovga intizomli, qolgan 35-40 foizidan esa chora ko‘rmasa to‘lovlarni undirish chegaralangan. Hozir aholiga imtiyozli tarif qo‘llash uchun subsidiya ajratilgan, shu subsidiyani inobatga olganda aholida shuncha qarzdorlik yuzaga kelmoqda”, — dedi Qobil Tursunov.
Avvalroq, Toshkent shahar issiqlik ta'minoti Fransiya kompaniyasiga 30 yilga berilgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
18:15 / 02.05.2026
Toshkentning uchta tumanida issiq suv 5 kunga o‘chiriladi
22:59 / 26.04.2026
Toshkentning ayrim tumanlarida issiq suv ta’minoti 5 kunga to‘xtatiladi
18:57 / 06.11.2025
Toshkentda issiq suvdagi zang holatlari tekshiriladi
17:43 / 28.10.2025