Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
DXX katta miqdordagi xorijiy valutaning noqonuniy olib chiqib ketilishiga chek qo‘ydi
Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan va Farg‘ona viloyatlari bo‘yicha boshqarmalari xodimlari tomonidan valuta qimmatliklarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida tezkor tadbir o‘tkazildi.
DXX matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Farg‘ona tumanining Qirg‘iziston Respublikasi bilan chegaradosh hududi bo‘ylab harakatlanayotgan, 1980 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi “Neksiya-3” rusumli avtomashina to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi.
Tekshiruv natijasida, avtomashina salonida 373 ming 717 AQSh dollari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Aniqlanishicha, qonunbuzar 100 AQSh dollari evaziga ushbu xorijiy valutalarni aylanma yo‘llar orqali Qirg‘iziston Respublikasiga o‘tkazib berishi kerak bo‘lgan.
Shuningdek, tezkor qidiruv tadbirlari doirasida uning jinoiy aloqasi hisoblangan - Oltiariq tumanida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro ham hibsga olindi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:53 / 12.02.2026
Namanganda qalbaki pul sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
08:43 / 04.02.2026
Pop ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaligida tekshiruv: milliardlab zarar aniqlandi
08:29 / 02.02.2026
Chegara orqali noqonuniy dori olib kirishga uringan shaxs qo‘lga tushdi
17:49 / 30.01.2026