Özi qanday odam işsiz sanaladi? Işsizlik — işlaş layoqatiga ega bölgan va mehnat qiliş istagini bildirgan iqtisodiy faol fuqarolarning iş topa olmasligi.

Işsizlik juda köp muammolarga zamin yaratadi — jinoyatçilik oşadi, oilalarda notinçlik paydo böladi, bolalarning tarbiyasi buziladi. Işsizlikning ma'lum darajaga yetişi hatto davlatçilik tanazzuliga ham sabab bölişi mumkin. Ya'ni bu yerda illatli doira paydo böladi: işsizlar köpayişi davlatni zaif qiladi, zaif davlatda esa işsizlar yanada köpayadi. Lekin dunyoning xoh rivojlangan, xoh rivojlanayotgan biror davlati yöqki, işsizlik muammosi bölmasa.

Bizni köproq özimizdagi holat qiziqtiradi. Özbekistonda rasmiy ma'lumotlarga köra, işga layoqatli aholining taxminan 10 foizi işsiz. Ya'ni içki mehnat bozorida band bölganlar, çetga ketganlardan taşqari 1,5 mln nafarga yaqin fuqaro işsiz hisoblanadi.

Işsizlik jiddiy muammo ekanligi, unga qarşi astoydil kuraşiş zarurligini e'tirof etgan holda, bugun masalaga ikkinçi tarafdan yondaşib köramiz.

Bugun aksariyat taşkilotlar, ayniqsa nodavlat kompaniyalar yaxşi xodimlar qidirib, böş iş örinlari haqida e'lonlarni muntazam joylaştirib borişadi. Eng katta iş beruvçi bölgan davlat tizimida ham vakant talaygina.

Misolga e'tibor bering: Toşkent viloyatida 130 ming aholi işsiz, kelgusi beş yilda 270 ming yoşlar mehnat bozoriga kirib keladi. Ayni paytda viloyatda 8 ming pedagog, 11 ming muhandis va texnologlar, 3 ming agronom va veterinar, 7 mingdan ziyod IT sohasida, geologiya va quriliş-loyihalaş sohalarida kadrlar yetişmaydi.

Bu prezidentning Toşkent viloyatiga taşrifidagi nutqidan, ya'ni birinçi manbadan olingan ma'lumotlar.

Kimdir muttasil iş izlaydi, qaysidir taşkilotlar esa malakali xodimga zor. Xöş, nega şunaqa? Albatta, maoş kamligi, iş şaroitlarini oğirligi, geografik noqulaylik kabi jiddiy sabablar bor. Lekin tanganing ikkinçi tarafiga e'tibor berilsa, boşqa jiddiy sabablarni ham köriş mumkin: sabr-toqat yöqligi, malaka yetişmasligi, noreal orzular şular jumlasidan.

Afsuski, juda köpçilik yoşlar, ya'ni mehnat bozorini muttasil töldirib borayotganlar amalda imkonsiz talablar bilan ham qimmatli vaqtlarini, ham yaxşi imkoniyatlarini yöqotadi. Çunki heç kim yoş mutaxassisni diplomi borligi uçungina, yoki şu odam işsizligi uçungina (deylik) 10 mln söm maoş bilan kutib ötirmaydi.

Har qanday işga va maoşga talabgor zarur bölsa eng quyi poğonadan boşlab özini körsata bilişi lozim va hatto şart bu. Nega? Çunki qiyinçiliklar insonni toblaydi, mutaxassis sohaga oid zarur könikmalarga ega böladi, şu paytgaça ota-onasi qaramoğida yurganida his qilmagan narsani — pul oson topilmasligini anglab yetadi. Eng muhimi – vaqt ötgani sayin turtina-surtina tajribasini oşirib boradi.

Sabot bilan işlagan, bilimi va salohiyati çindan bölgan mutaxassis har qanday taşkilotda öz örnini topa boradi. Tabiiyki, maoşlar ham oşadi, heç kim bunday xodimni qöyib yuborgisi kelmaydi. Vaqt kelib lavozim ham kötariladi, katta daromad ham topiladi, boşqa joylardan yaxşi takliflar ham kelib tuşa boşlaydi.

Bugungi vaziyat qanaqa? Özbekiston aholisi jadal köpayayotgan, har yili örtaça 700 ming yoşlar mehnat bozoriga kirib kelayotgan mamlakat. Albatta, ularning hammasini iş bilan ta'minlab boriş imkonsiz. Lekin heç bölmasa böş iş örinlarini band qilişga nima tösqinlik qilmoqda?

«Iş yöq, bor işning oyligi kam», deya noliş bilan nimani özgartiriş mumkin? Öşa oz maoş olmaydigan, yoki biror kasb bilan band bölmaydigan odamning maqomi oziga qanoat qilganga va yaxşilikka umid qilayotganga teng kelmaydi-ku?

Iş qidirganlarning aksariyatida «har qanday işga kiriş uçun albatta pora beriş zarur», degan dogmatik qaraş bor. Unutmang: har doim ham davlat asosiy iş beruvçi bölib qolmaydi, nodavlat taşkilot esa öziga özi zarar qilib, pora oliş yöli bilan keraksiz xodimni işga olmaydi.

Bu yerda muhim bir jihatni esdan çiqarmaslik lozim — gap aynan mehnatga tayyor, ma'lum darajada bilim va qobiliyatga ega, qiyinçiliklarni matonat bilan yengib ötişga tayyorlar haqida ketmoqda. Özi biror narsani eplay olmaydigan, salohiyat nol, ammo ambitsiyalari ummon bölganlar haqida emas.

Bitta Toşkent viloyatining özidagi davlat taşkilotlarida şunça iş örni bor ekan, respublika böyiça işsizlik va böş iş örinlariga oid raqamlarga qiziqib, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan boğlandik.

Vazirning birinçi örinbosari Erkin Muhitdinov Kun.uz’ga taqdim qilgan ma'lumotlarga köra, joriy yil 9 oy natijasi bilan Özbekistonda işsizlik darajasi 9,4 foizni taşkil qilgan (ötgan yil şu davrda 11,1 foiz), işsizlar 1 million 417 mingta (ötgan yili 1 mln 912 ming).

Böş iş örinlari 234 mingni taşkil qildi, şundan 92 mingtasi davlat taşkilotlari, 142 mingtasi xususiy sektordagi sub'yektlar hisobiga töğri keladi.

«Böş iş örniga qöyilgan minimal talablar – 107,3 mingtasi oliy (46 foiz), 104 mingtasi (44 foiz) örta maxsus ma'lumotli kadrlarga talab qöyilgan bölsa, 23,1 mingtasi (10 foiz) maxsus ma'lumot talab qilmaydigan böş iş örinlarini taşkil etadi.

Xususan, xizmat körsatişda — 54,7 ming, ta'limda — 52,2 ming, sanoat işlab çiqarişda — 48,9 ming, soğliqni saqlaşda — 21,9 ming, qurilişda — 15,7 ming, qişloq xöjaligida — 12,1 ming, moliya-suğurta sohasida — 5,7 ming, aloqa va axborot texnologiyalari sohasida — 4,6 ming, boşqa sohalarda 18,3 ming böş iş örinlari mavjud. Mehnat organlariga joriy yilda 842 ming nafar fuqarolar murojaat qilgan, ularning 61 ming nafari (7 foiz) oliy, 181 ming nafari (21 foiz) örta maxsus, 600 ming nafari (71 foiz) örta ma'lumotli iş qidiruvçilar hisobiga töğri keladi.

Bundan ma'lum böladiki, mehnat bozorida asosan oliy va örta maxsus ma'lumot ega bölgan kadrlarga ehtiyoj yuqori bölgani holda, iş qidiruvçilarning asosiy qismi (74 foiz) örta ma'lumotli iş qidiruvçilarni taşkil etadi.

Örta ma'lumotli iş qidiruvçilarning bandligiga kömaklaşiş maqsadida, xizmatçilarning asosiy lavozimlari va işçilar kasblari klassifikatorida tegişli özgartirişlar kiritilib, 2 035ta kasblarga bölgan talablar oliy ma'lumotdan örta ma'lumotga tuşirildi. Bundan taşqari, oliy ma'lumot talab etadigan böş iş örinlariga nomzodning talab etiladigan ma'lumoti bölmasa-da, lekin amaliy könikma va tajribasi mavjud bölsa, malakani baholaş markazlarida imtihon topşirib, ularning guvohnomasi bilan işga kirişi mumkin.

Işçi kasblar böyiça yaxşi mutaxassislarga talab va ularning iş haqi darajasi ham oşmoqda. Kasblar böyiça hisobçi — 8,4 ming (3,6 foiz), haydovçi — 8,6 ming (3,7 foiz), tikuvçi — 7,4 ming (3,2 foiz), maktabgaça ta'lim muassasalarida tarbiyaçi va tarbiyaçi yordamçisi — 5,7 ming (2,4 foiz), muhandis — 3,1 ming (1,3), çilangar — 3,8 ming (1,6 foiz), oşpaz — 2,4 ming (1 foiz), duradgor — 4,9 ming (2,1 foiz), sotuvçi 2,1 ming (1 foiz) va hokazolarga talab mavjud.

Xöş, savol tuğiladi mumkin, uşbu kasblarga qayerda örganiş mumkin?

Mehnat vazirligi tasarrufida barça hududlarda taşkil etilgan 16ta «Işga marhamat» monomarkazlari hamda 59ta kasb-hunarga öqitiş markazlari faoliyat yuritib kelmoqda. Yil boşidan 97 ming nafar band bölmagan fuqarolar (şundan 67 ming nafar ayollar) bepul kasb-hunarga öqitildi hamda ular tarkibidagi işsizlarga öqiş davrida 50 mlrd söm stipendiya tölab berildi», deydi Muhitdinov suhbat çoğida.

Körinib turibdiki, hozir kamida 230 mingta tasdiqlangan, maoşi oz bölsa-da, muntazam, doimiy iş örinlari öz egalarini kutmoqda. Özbekistonda santexnik, slesar, payvandçi, elektrik kabi bir qaraşda oddiy kasblarda ham katta yetişmovçilik mavjudligi heç kimga sir emas. Uy ta'mirlaydiganlar yoki quradiganlar buni juda yaxşi his qilişadi. Ammo yoşlarning aksariyati uzoq öqiş va tajriba talab qilmaydigan, lekin yaxşi daromad keltiradigan bunday kasblarni pisand qilmaydilar.

Marhum Anvar qori Tursunov öz ma'ruzalaridan birida şunday degandi: «Bir yigitni işga joylaştirmoqçi böldik. «Domla, oyligi 600 ming söm ekan, bola-çaqamni qanday boqaman?», – dedi. «Uka, baribir bekor ham yuribsiz, yaxşi niyat bilan boşlab turavering, uyoği Allohdan» deya oq fotiha berdik. Bu yil şu yigit özidan orttirib muhtojlarga zakot ham berdi...»

Xulosa özingizdan.                                                                                               

Abror Zohidov