“Yangi Özbekistonni qurişni maqsad qilib qöygan ekanmiz, Toşkent viloyati böyiça ham oldimizga yanada katta marralarni belgilaşimiz kerak. Ayniqsa, sanoat salohiyati, qulay geografik joylaşuvi, boy tabiiy resurslari, malakali va mehnatkaş aholisi yetarli bölgan poytaxt viloyatini eng rivojlangan hududga aylantiriş böyiça barça şart-şaroitlar mavjud. Şu bilan birga, Toşkent şahri bilan birgalikdagi uyğun rivojlanişi ham viloyat uçun keng va ulkan imkoniyatdir.

Şunday bölsa-da, işsizlik darajasi, aholining salomatlik körsatkiçlari, toza içimlik suvi ta'minoti, qişloq xöjaligi samaradorligi böyiça viloyat mamlakatimizning boşqa hududlariga nisbatan ança orqada qolmoqda. Misol uçun, viloyatda 130 ming aholi işsiz, kelgusi beş yilda 270 ming yoşlar mehnat bozoriga kirib keladi. Viloyat içimlik suvi manbalarining “boşida” turgani bilan, salkam 1 million aholi toza içimlik suviga muhtoj.

Aholining oliy ta'lim, maktab va kasb-hunar tizimlaridagi öqitiş sifati, maktabgaça ta'lim qamrovi böyiça ham viloyat respublikada pastki örinlarda. Jumladan, ayni paytda viloyatda 8 ming nafar malakali pedagog, 11 ming muhandis va texnologlar, 3 ming agronom va veterinar, 7 mingdan ziyod Ay-Ti, geologiya va quriliş-loyihalaş sohalarida kadrlar yetişmaydi. Toşkent viloyatining xizmatlar, savdo, turizm, logistika borasidagi salohiyati 50 foizga ham işga solinmagan desak, bu ham haqiqat. 

Şu bois, kelgusi beş yilda Toşkent viloyatida iqtisodiyot qanday rivojlanadi, aholining hayoti qanday özgaradi, odamlarimiz uçun nimalar qilib beramiz, uy-joy, daromad, iş örinlari nimaning hisobiga bölişi töğrisida, bugun siz aziz saylovçilar bilan maslahat qilib olmoqçiman.

Umuman, viloyatdagi keng kölamli islohotlarimizning tayanç nuqtasi bu – “inson qadri”ni uluğlaş, aholining kelajakka işonçini yanada mustahkamlaş böladi. 

Şuning uçun, bugun körib çiqiladigan beş yillik dastur markazida: viloyatning 100 ming yoşlarini eng zamonaviy kasb-hunarlarga öqitiş; barça sohalarda kamida 450 ming iş örinlarini yaratiş; aholi daromadini kamida 2 barobarga oşirib, kambağallikni keskin qisqartiriş; har bir mahalla va qişloqda aholimiz uçun, munosib turmuş şaroitlarini yaratiş böladi”, dedi prezidentlikka nomzod.