Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziya dunyoda birinchi bo‘lib Novavax vaksinasidan foydalanishga ruxsat berdi
Indoneziya uchun vaksina Serum Institute tomonidan ishlab chiqariladi va Covovax kompaniyasi savdo yorlig‘i ostida sotiladi.
Foto: Reuters
Indoneziya dunyoda birinchi bo‘lib Novavax kompaniyasi va uning hamkori Serum Institute of India kompaniyasi ishlab chiqqan koronavirusga qarshi vaksinadan foydalanishga ruxsat berdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Kompaniya shuningdek, Kanada va Yevropa dori vositalari agentligiga vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza berganini ma'lum qildi.
Indoneziya uchun vaksina Serum Institute tomonidan ishlab chiqariladi va Covovax kompaniyasi savdo yorlig‘i ostida sotiladi.
Mamlakat yil oxirigacha 20 mln doza vaksina olishi rejalashtirilgan.
Novavax shuningdek, vaksinaning Buyuk Britaniya, Avstraliya, Hindiston va Filippinda ham ma'qullanishini kutmoqda.
Novavax va Serum Institute COVAX dasturi doirasida 1,1 mlrd dozadan ortiq vaksina yetkazib berish majburiyatini olgan.
Mavzuga oid
19:34 / 11.01.2026
Turoperatorlarga Malayziya va Indoneziyadan jalb qilingan har bir sayyoh uchun subsidiya beriladi
21:27 / 01.12.2025
Janubi-Sharqiy Osiyoda halokatli toshqinlar bo‘lmoqda – fotosuratlar
19:20 / 30.11.2025
Indoneziyada suv toshqinlari oqibatida 440 dan oshiq kishi halok bo‘ldi
17:17 / 11.11.2025