Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda paxtaning namlik va ifloslik darajasini qo‘shib yozgan klaster laboratoriya mudiriga chora ko‘rildi
Samarqand viloyati Payariq tumanida paxtaning namlik va ifloslik darajasini qo‘shib yozgan klaster laboratoriya mudiriga chora ko‘rilgan. Bu haqda «O‘zagroinspeksiya»ning viloyat boshqarmasi xabar bermoqda.
Foto: KUN.UZ
Ma'lum qilinishicha, «O‘zagroinspeksiya»ning Payariq tuman bo‘limi tomonidan «Samarqand kotton klaster» MChJda monitoring tadbiri o‘tkazilgan. Tadbir davomida korxonaning laboratoriya tahlilxonasi tomonidan ijro hujjatlari to‘g‘ri yuritilmagani aniqlangan.
MChJ laboratoriya mudiri F.Yu. tomonidan 2021 yil 29 oktyabrdagi kunlik tahlil natijalari soha mutaxassislari ishtirokida qayta tahlil qilinganda dastlab ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlardan farq qilgan.
Jumladan, ifloslik 13,2, namlik 14,7 chiqqan bo‘lsa, qayta tahlil natijasida esa ifloslik 11,6, namlik 10,7 ekani ma'lum bo‘lgan.
Qayta tahlil natijalariga ko‘ra laboratoriya mudiri belgilangan talablarni buzgani uchun, unga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 212-moddasi 1-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. To‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Mavzuga oid
21:43 / 12.01.2026
Samarqand shahri kengaytiriladi va Samarqand tumani tugatiladi
10:01 / 07.01.2026
Samarqandda shifokorlar bemor qornidan 200 gramm mix chiqarib oldi
11:10 / 30.12.2025
Samarqand viloyatini rivojlantirish bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi
12:40 / 26.12.2025