Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suv ta'minoti tizimiga noqonuniy ulanishlar sabab 8,4 milliard so‘mlik zarar yetkazilgan – «O‘zsuvta'minot»
Foto: AP
Joriy yilning yanvar–avgust oylarida suv ta'minoti va oqova suv tizimlariga 2798ta noqonuniy ulanish holatlari aniqlangan. Bu haqda «O‘zsuvta'minot» AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur qonunbuzarliklar tufayli davlat va jamiyat manfaatlariga jami 8,4 milliard so‘mlik zarar yetkazilgan.
Ushbu davr davomida suv ta'minoti va kanalizatsiya xizmatlari bo‘yicha qarzdorlik tufayli tarmoqdan uzilish holatlari yuzasidan sudlarga 6120 nafar iste'molchi tomonidan yetkazilgan jami 34 milliard so‘mlik zararni undirish maqsadida hujjatlar taqdim etilgan.
Avvalroq 22 kun ichida 400 mingdan ortiq xonadon iste'moliga teng gaz, shuningdek, o‘tgan 9 oyda 78 mlrd so‘mlik tabiiy gaz o‘g‘irlangani ma'lum qilingandi.
Shuningdek, Navoiy va Jizzaxdagi 2 obektda gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanib, yetkazilgan zarar 365 mln 854 ming so‘mni tashkil qilgan.
Mavzuga oid
21:29 / 11.11.2025
«Eko Nom» va «Novator» rusumli suv hisoblagichlaridan foydalanish taqiqlandi
09:05 / 29.09.2025
"O‘zsuvta’minot" Bo‘zsuvga oqizilayotgan rangli oqova suvlar bo‘yicha munosabat bildirdi
12:02 / 28.07.2025
Qaysi hududda ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi eng pastligi aytildi
11:49 / 12.07.2025