Energetika vazirligi 2021 yil 20-24 sentyabr kunlari ötkazgan maxsus reyd davomida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilayotgan 67ta holatni aniqladi. Uşbu holatlarda salkam 1 mln 400 ming kub metr tabiiy gaz noqonuniy iste'mol qilingan. Bu haqda vazirlik Axborot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qildi.
Qayd etilişiça, 20-24 sentyabr kunlari ötkazilgan maxsus reyd çoğida jami 1 million 379 ming kub metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalaniş holatlari aniqlangan. Taqqoslaş uçun, uşbu hajmdagi tabiiy gaz hozirgi kunda 130 ming xonadonning 1 kunlik gaz iste'molini taşkil qiladi. Uşbu noqonuniy foydalaniş holatlarining eng köpi Xorazm, Farğona va Toşkent viloyatlariga töğri keladi.

Şu örinda joriy yilning 9 oyida respublika böyiça jami 2 ming 535 ta tabiiy gazdan noqonuniy foydalaniş holatlari aniqlangan. Buning natijasida 86 million 923 ming kub metr yoki 77 milliard 877 million sömlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan. Bu raqamlar qiyoslanadigan bölsa, uşbu miqdordagi hajm hozirgi kunda 40 ming xonadonning qariyb 1 yillik iste'molini taşkil etadi.

2021-2022 yilgi kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta'minoti böyiça yuridik iste'molçilarga 18 mlrd kub metr, aholi iste'molçilariga esa 11 mlrd kub metr tabiiy gaz yetkazib beriladi. Bu esa, ötgan mavsumga nisbatan 3 milliard kub metrga köp demakdir.
Vazirlik, şuningdek, kuz-qiş mavsumida iste'molçilarga 318 ming 600 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berilişini ma'lum qildi. Bu körsatkiç ötgan yilga nisbatan 13 ming tonnaga köp ekani ta'kidlangan.
Ta'kidlanişiça, barça aniqlangan holatlar böyiça jamlangan ma'lumotlar tegişli çora köriş uçun prokuratura idoralariga taqdim etilgan.












