Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Svet» va gazga aloqador ma'muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha bayonnoma ichki ishlar organlari tomonidan rasmiylashtiriladi
Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi.
Hujjat bilan 7ta toifadagi sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari bo‘yicha ijro hujjatlarining ixtiyoriy ijrosini ta'minlash choralarini ko‘rish, ushbu choralar natijasiz bo‘lgan taqdirda oxirgi chora sifatida majburiy ijro organlariga murojaat qilish tartibini joriy etish taklif etilmoqda.
Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 248-moddasiga o‘zgartirish kiritilib, elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq ma'muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan bayonnoma rasmiylashtirish ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshirilishi belgilanmoqda.
Qayd etilganidek, qonun loyihasi qabul qilinishi bilan ijro tartib-taomillari yanada soddalashtirilib, sud va boshqa organlar hujjatlarining so‘zsiz va o‘z vaqtida ijro etilishi ta'minlanadi.
Majlisda ushbu hujjat deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.
Mavzuga oid
14:20 / 11.06.2026
Rossiyadan ketgan fuqarolarning mol-mulki xatlanishi mumkin
16:36 / 29.05.2026
Rossiyadan O‘zbekistonga suyultirilgan gaz yetkazib berish 3,5 barobarga oshdi
09:30 / 27.05.2026
“Kommersant”: Rossiya Armanistonga gaz yetkazib berishni to‘xtatishi mumkin
20:10 / 15.05.2026