Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tirik donordan a'zolarni transplantatsiya uchun olish qanday holatda amalga oshirilishi mumkinligi belgilab qo‘yiladi
Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unda deputatlar “Inson a'zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ko‘rib chiqdi.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 17-23 sentabr kunlari qonun loyihasi mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida deputatlar, Qonunchilik palatasi devoni xodimlari, Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti, Sog‘liqni saqlash vazirligi vakillaridan iborat ishchi guruhi tuzilib, ular tomonidan hududlarda loyihadagi normalar va kiritilgan yangiliklarni jamoatchilikka tushuntirishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazildi.
Qonun loyihasi xalqaro tajribadan kelib chiqib, “Tirik donordan a'zolarni yoki to‘qimalarni transplantatsiya uchun olish faqat retsipiyentning sog‘lig‘ini ko‘zlab hamda muqobil davolash usuli mavjud bo‘lmagan taqdirda amalga oshirilishi mumkin”, degan norma bilan to‘ldirildi.
Deputatlarning aytishicha, mazkur qonun loyihasi qabul qilinishi aholi huquqiy va ijtimoiy himoyasiga yo‘naltirilgan davlat siyosatining amaldagi qonunchilik asoslarini to‘ldirib, a'zolar va to‘qimalar transplantatsiyasini bajarishdagi maqsadlar va shartlarni aniqlagan holda, kasallanish va a'zolardagi qaytarib bo‘lmaydigan jarayonlar tufayli o‘limga olib keluvchi holatlarning qisqarishiga olib keladi.
Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilindi.
Mavzuga oid
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
07:31 / 08.05.2026
Xususiy tibbiyot tashkilotlariga transplantatsiya qilishga ruxsat beriladi
07:47 / 04.05.2026
Xususiy klinikalarga transplantatsiya qilishga ruxsat beriladi
10:33 / 18.02.2026