Aniqlanişiça, muqaddam Özbekiston Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi bilan sudlangan 1989 yilda tuğilgan fuqaro turmuş örtoği bilan birgalikda jinoiy til biriktirib, oson pul topiş maqsadida internet va ijtimoiy tarmoqlarda insonlarda rahm-şafqat uyğotuvçi videolar tayyorlab, turli sahifalarga joylab borgan.

Tezkor tadbirlar natijasida mazkur şaxs erkaklar uçun donorlik masalalari böyiça inson a’zolari va töqimalarini noqonuniy transplantatsiya qiliş işlariga doimiy ravişda aralaşib kelgani ma’lum böldi. Jumladan, “Istiqlol” klinikasida (Tojikiston) muayyan şaxslarga operatsiya ötkazişni taşkillaştiriş bilan şuğullangani qayd etildi.

Şuningdek, u özi ham buyrak köçiriş operatsiyalarini amalga oşirgani va bu işlarga boşqa şaxslarni jalb etgani aniqlangan. Ular Telegram, Instagram va YouTube kabi ijtimoiy tarmoqlar orqali faoliyat yuritib, reklama va “mijoz” topiş işlarini taşkil qilgan.

Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvçiga nisbatan Özbekiston Jinoyat kodeksining 133¹-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllandi.