Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston YaIM o‘sishi bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchilik qilayotgani aytildi
Foto: Depositphotos
Tojikistondagi inqirozga qarshi choralar makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar me'yorga kelishini ta'minlagan. Bu haqda mahalliy «Xovar» axborot agentligi yozmoqda.
Tojikiston iqtisodiy rivojlanish va savdo vazirligi vakili Muhammad Jalolzodaning agentlikka ma'lum qilishicha, ortda qolgan 9 oy davomida Tojikiston yalpi ichki mahsuloti hajmi 67,1 milliard somoni yoki 5,9 milliard dollarni tashkil etgan. Bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1 milliard dollarga ko‘p degani.
Shu tariqa Tojikistonda iqtisodiy o‘sish 2021 yilning ortda qolgan davri mobaynida 8,9 foizni tashkil etgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,7 foizga ko‘proq. Mamlakat iqtisodiy rivojlanish va savdo vazirligi yillik o‘sishni 7,6 foiz bo‘lishini prognoz qilgan va berilgan ma'lumotga ko‘ra, ko‘rsatkichlar allaqachon kutilgan natijalardan oshib ketgan.

Muhammad Jalilzodaning e'tirof etishicha, Xalqaro valuta fondi Tojikistondagi iqtisodiy o‘sishni Markaziy Osiyodagi eng yuqori deb baholagan. Vazirlik mas'uliga ko‘ra, bir yil davomida Tojikistonda tashqi savdo hajmi 33,1 foizga, eksport hajmi esa 1,3 baravarga ko‘paygan.
Mavzuga oid
20:55 / 17.02.2026
Bosh vazir Abdulla Aripov Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan uchrashdi
09:57 / 17.02.2026
Ikki haftalik tanaffusdan so‘ng Imomali Rahmon yana ko‘rinish berdi
23:19 / 16.02.2026
Tojikistonda endi ijtimoiy tarmoqlardagi «layk» uchun hech kim jazolanmaydi
18:04 / 12.02.2026