Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yamanda xalqaro koalitsiya zarbalaridan keyin 100 dan ko‘proq husiychi halok bo‘ldi
Foto: RIA "Novosti"
Yaman hukumatini qo‘llab-quvvatlovchi Saudiya Arabistoni boshchiligidagi xalqaro koalitsiyaning Marib shahridan 50 km uzoqlikdagi hududga bergan aviazarbalari oqibatida 115 dan ko‘proq husiy halok bo‘ldi.
G‘arb OAVning xabar berishicha, zarbalar oqibatida husiylarga tegishli 14 ta transport vositasi ham yo‘q qilingan.
Husiylar hozircha ushbu xabarga izoh berishmagan. Bu zarbalar husiylar tomonidan Al-Juba tumanining o‘qqa tutilishiga javoban berilgan bo‘lishi mumkin.
1 noyabrda husiylar masjid va diniy markazga ikkita ballistik raketa bilan zarba bergani, hujum oqibatida kamida 29 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi.
Yamanda hukumat kuchlari va husiylar o‘rtasidagi qurolli ixtilof 2014 yildan beri davom etmoqda. Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya Yaman prezidenti qo‘shinlarini husiylarga qarshi kurashida qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. G‘arbda esa husiylarni Eron qo‘llab-quvvatlashi aytiladi.
Mavzuga oid
18:01 / 30.12.2025
Saudiya Yamanga zarba berdi. Nishon – ayirmachi guruhlarni qo‘llash uchun BAAdan yuborilgan qurollar bo‘lgan
14:40 / 11.09.2025
Isroil Sano shahriga zarba berdi: 35 kishi halok bo‘ldi
15:23 / 31.08.2025
Husiychilar rahbari Isroil zarbasi oqibatida halok bo‘ldi
23:03 / 24.08.2025