Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nyu-Yorkda koronavirusga qarshi emlangan bolalarga 100 dollardan taklif qilinmoqda
Nyu-York shahrida koronavirusga qarshi emlanuvchi 5 yoshdan 11 yoshgacha bolalar 100 dollargacha olishi mumkin. Bu haqda shahar meri Bill de Blazio ma'lum qildi.
Foto: Depositphotos
“5 yoshdan 11 yoshgacha bolalar shahardagi emlash markazida koronavirusga qarshi emlansa, 100 dollar miqdorida mukofot puli olish huquqiga ega”, deb ma'lum qilgan mer.
Avvalroq AQSh prezidenti Jo Bayden mutasaddi idoralar keyingi haftadan 5 yoshdan 11 yoshgacha bolalarni emlashni boshlashga tayyorligini aytgandi.
Uning ta'kidlashicha, AQShda 28 mlndan ko‘proq bola vaksina olish imkoniga ega bo‘ladi. Bolalar Pfizer/ BioNTech vaksinasi bilan butun mamlakat bo‘ylab yoyiladigan 20 mingta emlash punktida, jumladan, maktablar, shifoxonalar va dorixonalarda emlanishi mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid
17:49 / 13.09.2025
Tramp Nyu-Yorkda Qatar bosh vaziri bilan tushlik qildi
21:33 / 28.05.2025
Tirbandlik solig‘i Nyu-York shahriga 4 oyda 216 million dollar keltirdi
21:10 / 02.04.2025
AQSh sudi Nyu-York meriga ochilgan jinoiy ishni yopdi
23:03 / 11.03.2025