Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbek-Qirg‘iz taraqqiyot jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi
“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Qaror bilan 2021 yil 11 martda Toshkent shahrida imzolangan O‘zbekiston hukumati va Qirg‘iziston hukumati o‘rtasida O‘zbek-Qirg‘iz taraqqiyot jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bitimni amalga oshirish uchun mas'ul hisoblanadi.
O‘zbek-Qirg‘iz taraqqiyot jamg‘armasi to‘g‘risidagi bitim joriy yil mart oyida Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning O‘zbekistonga davlat tashrifi chog‘ida imzolangan.
Jamg‘arma iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va rivojlantirish maqsadida tashkil etildi. Vazifalar, funksiyalar, tuzilishi va ishlash tartibi, boshqaruv organlarining vakolatlari nizomda belgilanadi. Jamg‘armaning bosh qarorgohi Bishkek shahrida joylashgan bo‘ladi.
Jamg‘arma ikki davlat iqtisodiyotlarining ustuvor sohalaridagi o‘zini o‘zi qoplaydigan loyihalarga kreditlar berishi, xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarni moliyalashtirishi rejalashtirilgan.
Jamg‘arma quyidagi sohalarda investitsiya berish ko‘zda tutilgan: agrosanoat kompleksi; tikuvchilik va to‘qimachilik sanoati; ishlab chiqarish sanoati; kon-metallurgiya sanoati; transport; uy-joy qurilishi; savdo; tadbirkorlikni rivojlantirish; energetika kompleksi; infratuzilmani rivojlantirish; turizmni rivojlantirish.
Jamg‘armaning ustav kapitali 50 million dollarni tashkil etadi.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026