O‘zbekiston | 10:40 / 04.11.2021
910
2 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda 20 million so‘mlik tilla taqinchoqlarni o‘g‘irlagan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qarshi shahrida 20 million so‘mlik tilla taqinchoqlarni o‘g‘irlagan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 29 oktyabr kuni Qarshi shahar «Nuriston» MFYda yashovchi R.O. 102 qisqa raqamlari orqali viloyat IIBga murojaat qilgan. U o‘z murojaatida shu kuni soat 8:00 larda yashash xonadonida turgan, bozor bahosi 20 million so‘m bo‘lgan tilla buyumlarini Qarshi tumani «Mirmiron» MFYda yashovchi I.I. o‘g‘irlab ketganini bildirgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar 3-sonli IIB tergov bo‘limi tomonidan I.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid