Samarqand shahrida xayriya yarimmarafoni o‘tishi tufayli 7 noyabr kuni ayrim ko‘chalarda harakat vaqtincha cheklanadi
Samarqand shahrida Samarkand Half Marathon xalqaro xayriya yarimmarafoni o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Marafonni namunali tashkil etish, xavfsizlikni saqlash maqsadida ayrim ko‘chalarda transport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatiladi.
Samarqand shahar hokimi farmoyishiga ko‘ra, 7 noyabr kuni soat 6:00 dan 15:00 ga qadar Samarqand shahrining quyidagi ko‘cha va hududlarida transport vositalarining harakati vaqti-vaqti bilan to‘xtatiladi va marafon ishtirokchilari harakatlanib bo‘lgan ko‘chalar ochib boriladi:
- Registon ko‘chasining «Non bozorchasi» oldidan Universitet xiyobonigacha bo‘lgan qismi;
- Dahbed ko‘chasining Registon ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Ro‘dakiy ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
- Bog‘imaydon ko‘chasining Dahbed ko‘chasi bilan tutashmasidan Qo‘shhovuz ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
- Imom Buxoriy ko‘chasining Dahbed ko‘chasi bilan tutashmasidan Shohi Zinda ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
- Maroqand ko‘chasining Imom Buxoriy ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Ibn Sino ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
- Chorraha ko‘chasining Dahbed ko‘chasi bilan tutashmasidan Bibixonim ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
- Ruhobod ko‘chasining Registon ko‘chasi bilan tutashmasidan Amir Temur maqbarasi orqali Universitet xiyobonigacha bo‘lgan qismi;
- Universitet xiyoboni;
- G-34 yo‘lining Universitet xiyobonidan Muqimiy ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasigacha bo‘lgan qismi;
- Bo‘stonsaroy ko‘chasining Ro‘dakiy ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Universitet xiyobonigacha bo‘lgan qismi;
- Amir Temur ko‘chasining Bo‘stonsaroy ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Abdurahmon Jomiy ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
- Abdurahmon Jomiy ko‘chasining Amir Temur ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Mirzo Ulug‘bek ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
- Mirzo Ulug‘bek ko‘chasining Abdurahmon Jomiy ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Bo‘stonsaroy ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
- Ibn Sino ko‘chasining Ro‘dakiy ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Oydin yo‘l ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
- Vohid Abdullayev ko‘chasining Ibn Sino ko‘chasi bilan tutashmasidan Hazrati Xizr masjid-majmuasigacha bo‘lgan qismi;
- Islom Karimov ko‘chasining Hazrati Xizr masjid-majmuasidan Shohi Zinda ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
- Shohi Zinda ko‘chasi «Siyob dehqon bozori»dan Ulug‘bek rasadxonasigacha bo‘lgan qismi.
Samarkand Half Marathon xalqaro xayriya yarimmarafonida ishtirok etish uchun 2163 nafar kishi ro‘yxatdan o‘tgan:
2 kilometrlik masofaga – 880 nafar;
10 kilometrlik masofaga – 733 nafar;
21,1 kilometrlik masofaga – 450 nafar;
«Shimolcha yurish» (2 kilometrga skandinavcha yurish) – 100 nafar;
Tavsiya etamiz
Tramp 2.0 o‘zgargan Yaqin Sharqqa nimalar va’da qilmoqda?
Jahon | 21:45 / 20.01.2025
3 ga 90. Isroil va Hamas o‘rtasidagi sulh qanday kechmoqda?
Jahon | 20:11 / 20.01.2025
Xalqaro tanlovda g‘olib bo‘lgan prezident maktabi o‘quvchilariga BYD sovg‘a qilindi
O‘zbekiston | 19:59 / 20.01.2025
“Eng xavfsiz parvoz tanlanadi” - Uzbekistan Airways osmondagi favqulodda holatlarga tayyormi?
O‘zbekiston | 17:03 / 20.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp inauguratsiya marosimida: «AQSh hukumati faqat ikki jinsni tan oladi»
Jahon | 03:50
-
The Guardian: Xalqaro jinoiy sud «eng yomon ssenariyga» tayyorlanmoqda
Jahon | 00:50
-
Latviyada Rossiya fuqarolarining ayrim sohalarda faoliyat yuritishi taqiqlanadi
Jahon | 00:18
-
Eron prezidenti Kremlda muzokaralarga kech qolgan Putinni kutishdan bosh tortgan
Jahon | 23:42 / 20.01.2025
Mavzuga oid
16:46 / 19.01.2025
Samarqand viloyatida elektr ta’minotiga noqonuniy ulanganlar fosh etildi
13:22 / 19.01.2025
Yaponiyaning Nara prefekturasi ma’muriyati binosida “Samarqand burchagi” tashkil etildi
10:57 / 19.01.2025
Samarqandda mashina boshqargan o‘quvchi odam o‘limiga sabab bo‘ldi
21:21 / 17.01.2025