Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayden Eronga nisbatan 1979 yilda kiritilgan sanksiyalarni uzaytirdi
1979 yil 14 noyabrda AQShning 39-prezidenti Jimmi Karter Tehronda amerikaliklarning garovga olinishiga javoban 12170-farmonga imzo chekkandi.
Foto: Reuters
AQSh prezidenti Jo Bayden Eronga nisbatan kiritilgan bir tomonlama sanksiyalarni yana bir yilga uzaytirdi.
Baydenning ta'kidlashicha, «Eron bilan munosabatlar hozircha iziga tushmadi, 1981 yil 19 yanvardagi ikki tomonlama kelishuvlarni bajarish jarayoni esa davom etmoqda».
Gap 1979 yilgi inqilobdan so‘ng bir yildan ortiq vaqt davomida Tehronda garovda ushlab turilgan amerikalik diplomatlarning ozod qilinishiga olib kelgan AQSh-Eron kelishuvlari haqida bormoqda. Ushbu hujjatlarda, xususan, davlatlarning bir-birlarining ichki ishlariga aralashmaslik tamoyili belgilangan.
«Shu sababli 1979 yil 14 noyabrda e'lon qilingan favqulodda holat milliy rejimi hamda ushbu favqulodda holatga qarshi kurashish maqsadida joriy etilgan choralar 2021 yil 14 noyabrdan keyin ham o‘z kuchida qoladi. Eronga nisbatan favqulodda holat rejimini yana bir yilga uzaytiraman», — dedi Bayden.
1979 yil 14 noyabrda AQShning 39-prezidenti Jimmi Karter Tehronda amerikaliklarning garovga olinishiga javoban 12170-farmonga imzo chekkandi. AQSh moliya vazirligiga Eronning Amerika banklari va xorijdagi filiallaridagi barcha hisoblarini muzlatish topshirig‘i berilgandi.
1980 yil 7 aprelda Karter Tehron bilan diplomatik munosabatlarni uzgan va AQShdan Eronga mahsulotlar eksport qilinishini taqiqlagan.
Mavzuga oid
23:55 / 28.01.2026
Tramp oldida ojiz Amerika
20:50 / 28.01.2026
Tramp Eronni ogohlantirdi: «Vaqt tugab bormoqda»
20:09 / 28.01.2026
WSJ: Xitoy armiyasining eng yuqori martabali generali AQShga yadroviy sirlarni sizdirishda ayblanmoqda
15:09 / 28.01.2026