Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga tashrif buyuradi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Istanbul shahrida o‘tkaziladigan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining navbatdagi sammitida ishtirok etish uchun 11-12 noyabr kunlari Turkiyada tashrif bilan bo‘ladi.
Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuv kun tartibidan kengash doirasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni, eng avvalo, savdo, investitsiyalar, “yashil” iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, transport va kommunikatsiyalar, madaniy-gumanitar almashinuv sohalaridagi aloqalarni kengaytirish masalalari o‘rin olgan. Tashkilot faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Sammit yakunida hamkorlik samaradorligini oshirish va ustuvor yo‘nalishlarda ko‘p tomonlama sheriklikni mustahkamlashga qaratilgan qo‘shma hujjatlar qabul qilinishi kutilmoqda.
Qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyev tashrifi dasturida Istanbul shahrida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan.
Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi 2009 yilda ushbu tuzilmaga a'zo mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni har tomonlama mustahkamlash maqsadida tuzilgan.
Bugungi kunda Kengashga O‘zbekiston, Turkiya, Ozarboyjon, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a'zo. Mamlakat tashkilotga 2019 yilda qo‘shildi. Vengriya Turkiy kengashda kuzatuvchi maqomiga ega.
Mavzuga oid
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
16:20 / 26.05.2026
O‘lim to‘shagida ochilgan sir: turk tadbirkorining Shveytsariya bankiga qarshi moliyaviy urushi
13:52 / 26.05.2026