Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belarus-Polsha chegarasida yuk mashinalaridan iborat 25 kilometrlik navbat paydo bo‘ldi
Avvalroq migrantlar bilan bog‘liq vaziyat bois Polsha bir tomonlama tartibda Belarus bilan chegaradagi «Kuznitsa» o‘tkazish punktini yopib qo‘ygandi.
«Kuznitsa» punkti yopilishi sababli Belarus-Polsha chegarasida yuk mashinalaridan iborat bir necha kilometrlik navbat hosil bo‘ldi.
Xabar qilinishicha, «Bobrovniki» o‘tkazish punktida yuk mashinalari navbati 25 kilometrga yetgan, kutish vaqti 39 soatni tashkil etmoqda.
Avvalroq migrantlar bilan bog‘liq vaziyat bois Polsha bir tomonlama tartibda Belarus bilan chegaradagi «Kuznitsa» o‘tkazish punktini yopib qo‘ygandi. Transport Terespol va Bobrovnikidagi o‘tkazish punktlariga yo‘naltirilmoqda.
Polsha chegara xizmatida ta'kidlanishicha, 8 noyabrdan beri respublika chegarasi yaqinida 2-4 minggacha muhojir to‘plangan. Ular Yevropa Ittifoqi hududiga o‘tishga harakat qilmoqda.
Belarus va YeI mamlakatlari chegarasidagi migratsion inqiroz yozda, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko noqonuniy migrantlar oqimiga qarshi kurashmasligini aytganidan so‘ng yuzaga kelgandi.
Mavzuga oid
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
11:20 / 01.07.2026
Rossiya 7 ta temiryo‘l chegara punkti faoliyatini to‘xtatdi
10:14 / 24.06.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara hududlarni o‘zaro almashdi
18:14 / 28.05.2026