Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boku qurshovga tushib qolgan arman harbiylari Rossiyaning iltimosi bilan qo‘yib yuborilganini ma'lum qildi
Xabar qilinishicha, arman harbiylari ikkita yuk avtomobilida Lochin tumanidagi Qorako‘l ko‘li yo‘nalishida harakatlangan va Ozarboyjon pozitsiyalariga olib boradigan yo‘lga joylashishgan. Ular yo‘lni metall konstruksiyalar bilan to‘sib olishgan.
Foto: AP
Ozarboyjon mudofaa vazirligi Armaniston qurolli kuchlarining 60 nafarga yaqin harbiylari ikki davlat chegarasining Lochin uchastkasida qurshovga olingani, keyinroq Rossiyaning iltimosiga binoan qo‘yib yuborilganini ma'lum qildi.
Xabar qilinishicha, arman harbiylari ikkita yuk avtomobilida Lochin tumanidagi Qorako‘l ko‘li yo‘nalishida harakatlangan va Ozarboyjon pozitsiyalariga olib boradigan yo‘lga joylashishgan. Ular yo‘lni metall konstruksiyalar bilan to‘sib olishgan.
“Ozarboyjon armiyasi bo‘linmalarining ko‘rgan choralari natijasida 60 nafarga yaqin arman harbiylari qurshovga olindi, ularning harakati cheklandi va chorshanba kuni Rossiya tomonining iltimosi inobatga olinib, ularning ortga qaytishlari uchun imkoniyat yaratildi”, — deyiladi Ozarboyjon mudofaa vazirligi xabarida.
Ta'kidlanishicha, “bunday ig‘vogarliklar takrorlangan taqdirda yanada keskin choralar ko‘riladi”.
Mavzuga oid
23:34 / 18.02.2026
Ozarboyjon elchixonasiga zarbalar tasodifmi?
18:47 / 17.02.2026
Tog‘li Qorabog‘ning sobiq davlat vaziri Ruben Vardanyan 20 yilga qamaldi
14:42 / 17.02.2026
Armanistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi ish boshladi
14:05 / 12.02.2026