Özbekistonda ijtimoiy tarmoqlar bloklanişiga “Şaxsga doir ma’lumotlar töğrisida”gi qonunning 27 prim birinçi moddasi asos bölmoqda. Bu moddaga asosan, Özbekiston fuqarolarining şaxsiga doir ma’lumotlar Özbekiston hududida saqlanişi kerak.

Bir neça kun oldin şu talabni bajarmaganlik uçun javobgarlik kuçaytirilgani köpçilikning e’tiboridan çetda qoldi. Yangi qonunga asosan, endilikda ijtimoiy tarmoqlar ustidan ayni şu modda talabi böyiça jinoyat işi qözğatilişi ham mumkin.

Bizningça, bu – senzuraçilar öylab topgan, Rossiyadan kör-körona köçirilgan mantiqsiz qonun. Bunday deyişga asoslar yetarli.

Qonundan parça
Qonundan parça

Birinçidan, qonundagi talab faqat ijtimoiy tarmoqlargagina taalluqli emas. Özbekiston fuqarolarining şaxsiga doir ma’lumotlarga işlov beruvçi davlat organi yoki jismoniy va yuridik şaxs deyilgan. Bu mantiqdan kelib çiqsa, AQŞ Davlat departamenti zudlik bilan grin-karta bazasini Özbekistonga köçirib kelişi kerak. Axir har yili kamida 2 million özbekistonlik şaxsiy ma’lumotlarini töğri va aniq qilib şu lotereya anketasiga kiritadi. Lekin negadir “Özkomnazorat” AQŞ Davlat departamentiga taqdimnoma kiritgani haqida hali eşitmadik.

Jiddiy gapiradigan bölsak, qonun talabi haddan taşqari keng. Masalan, siz Şveytsariyaga borib, bankda hisobraqam oçsangiz, öşa Şveytsariya banki sizning ma’lumotlaringizni saqlaş uçun Özbekistondan server ijaraga olişi kerak. Xuddi şu talab xorijiy davlatlarning vizaga mas’ul idoralariga ham taalluqli.

Tasavvurni kengaytirib boraversak, çet elda siz yaşayotgan mehmonxona, siz çipta xarid qilgan aviakompaniya – bularning bari sizning ma’lumotlaringizni Özbekistonda saqlaşi talab qilinyapti.