Adliya vazirligi xabariga köra, qonun bilan Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga özgartiriş kiritildi.
Unga köra, axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, şu jumladan internetda fuqarolarning şaxsga doir ma'lumotlariga işlov berilayotganda Özbekistonda joylaşgan texnik vositalarda hamda şaxsga doir ma'lumotlar bazalarida şaxsga doir ma'lumotlarni yiğişga, tizimlaştirişga va saqlaşga oid talablarga rioya etmaslik fuqarolarga bazaviy hisoblaş miqdorining 7 baravari (1 mln 890 ming söm), mansabdor şaxslarga esa 50 baravari (13 mln 500 ming söm) miqdorida jarima solişga sabab böladi.
Şuningdek, Jinoyat kodeksiga kiritilgan özgartirişga köra, uşbu qilmiş ma'muriy jazo qöllanilgandan söng bir yil davomida takroran sodir etilgan taqdirda quyidagi jazo çoralaridan biri qöllaniladi:
bazaviy hisoblaş miqdorining 150 baravarigaça (40 mln 500 ming sömgaça) miqdorda jarima;
3 yilgaça muayyan huquqdan mahrum qiliş;
2 yilgaça axloq tuzatiş işlari.
Uşbu özgartirişlar qonun kuçga kirgan kundan e'tiboran 3 oy ötgaç amalga kiritiladi.













