Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiya bosh vaziri bir yil ichida ikkinchi marta iste'foga chiqishini e'lon qildi
Shvetsiya bosh vaziri Stefan Leven parlament spikeri Andreas Norlen bilan uchrashuvda iste'foga chiqishga ariza topshirdi. E'tiborlisi, Leven joriy yilda ikkinchi marta o‘z iste'fosini e'lon qilmoqda.
U yangi bosh vazir saylanmagunga qadar vaqtinchalik hukumatga rahbarlik qiladi.
Leven matbuot anjumanida bosh vazir lavozimida o‘tkazgan 7 yilidan faxrlanishini aytgan. U hukumatni 2014 yildan beri boshqarib kelgan. U joriy avgustda 2022 yil sentyabrda o‘tadigan umumiy saylovlargacha iste'foga ketishini aytgan.
Amaldagi moliya vaziri Magdalena Andersson Shvetsiyaning yangi bosh vaziri bo‘lishi mumkin. U oktyabrda hukmron Sotsial-demokratik ishchi partiyaning yangi yetakchisi etib saylangan.
Leven joriy yozda Shvetsiya tarixida faoliyatiga ishonchsizlik bildirilgan birinchi bosh vazirga aylangandi. Bu parlamentda turar joy binolari ijara haqi bo‘yicha yuzaga kelgan ziddiyat sababli yuz bergan.
Biroq muxolifat layoqatli koalitsiyani shakllantira olmagach, Leven o‘z iste'fosini e'lon qilgandan 2 hafta o‘tib yana o‘z lavozimiga qaytgan.
Mavzuga oid
22:29 / 13.06.2026
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ilk bor migratsiya sohasida bitim va qo‘shma deklaratsiya imzolandi
23:00 / 10.06.2026
Shvetsiya o‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga ochilmoqda
09:05 / 29.05.2026
Shvetsiya Ukrainaga Gripen qiruvchi samolyotlarini beradi
10:03 / 13.05.2026