Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tayvan Xitoy tomonidan qamal qilinishdan xavotirlanmoqda
Qayd etilishicha, Xitoy status-kvoni o‘zgartirish va orolni jangsiz egallashni maqsad qilgan.
Foto: Reuters
Tayvan mudofaa vazirligi Xitoy orolning barcha asosiy port va aeroportlarini to‘sib qo‘yishi mumkinligidan ogohlantirdi, deb xabar berdi Reuters.
“Hozirda Xitoy armiyasi bizning barcha muhim port va aeroportlarimiz, keyin esa barcha xorijiy reyslarga nisbatan ichki qamalni amalga oshirishi mumkin. Ular shuningdek, barcha havo va dengiz yo‘llarimizni kesib qo‘yishi hamda tashqaridan harbiy va logistik qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishi mumkin”, - deyiladi Tayvan mudofaa vazirligi xabarida.
Qayd etilishicha, Xitoy status-kvoni o‘zgartirish va orolni jangsiz egallashni maqsad qilgan.
Orol mudofaa vazirining so‘zlariga ko‘ra, Tayvan ushbu hujumga kuchli qarshilik ko‘rsatishga harakat qiladi.
Avvalroq Xitoy hukumati Tayvan mustaqilligi tarafdorlariga Xitoyning qit'adagi qismiga hamda mamlakatning maxsus hududlari Hongkong va Makaoga kirishni taqiqlagandi.
Mavzuga oid
17:11 / 18.02.2026
Alipay'da qanday ro‘yxatdan o‘tish va foydalanish mumkin?
09:40 / 18.02.2026
YeIda Shein riteyleriga nisbatan tergov boshlandi
20:01 / 17.02.2026
Afg‘onistonga sovetlar bosqinida Xitoyning pozitsiyasi qanday edi?
13:54 / 13.02.2026