13:37 / 11.11.2021
5682

«O‘zbekgidroenergo» AJ «Dolzarb 40 kunlik» ijrosida faol ishtirok etmoqda

Mamlakatimizda ekologik vaziyatni yaxshilash, barqarorlashtirish, atrof-muhit muhofazasini ta'minlash, tabiiy musaffolikka yuksak e'tibor qaratilmoqda.

Foto: O‘zbekgidroenergo

2021 yil 2 noyabr kuni davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida aholini uy-joy bilan ta'minlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida «Yashil makon» umummilliy loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari doirasida mamlakatimiz bo‘ylab yiliga 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish, shu orqali shaharlardagi yashil hududlarni hozirgi 8 foizdan 30 foizga oshirish rejalashtirilgani, ushbu keng ko‘lamli loyihaga barcha birdek hissa qo‘shishi lozimligi qayd etildi.

Foto: O‘zbekgidroenergo

Hozirgi kunda, bu borada belgilangan topshiriqlar ijrosi doirasida «O‘zbekgidroenergo» AJ hamda tizim korxona va tashkilotlari tomonidan «Dolzarb 40 kunlik» doirasida amaliy ishlar izchil tashkil qilinmoqda. Xususan, joylarda korxonalar tomonidan maxsus ajratilgan hududlarda «yashil maydonlar» bunyod etilmoqda.

Jamiyat hamda tizim korxona va tashkilotlari tomonidan loyiha doirasida jami 50 mingta daraxt ko‘chatlari o‘tqazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu borada olib borilayotgan amaliy ishlar bevosita jamiyat rahbariyati boshchiligida nazoratga olinmoqda. Xususan, shu davr mobaynida jamiyat tashkilotlari tomonidan 20 mingdan ortiq manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Foto: O‘zbekgidroenergo
Foto: O‘zbekgidroenergo

Amaliy ishlarning yorqin namunasi sifatida kuni kecha Pskom GES qurilish obektida tashkil etilgan daraxt ekish jarayonlarini ko‘rsatish mumkin.

Ushbu amaliy jarayonda jamiyat boshqaruvi raisi A. Sanginov hamda rais o‘rinbosarlari, tizim korxona va tashkilotlari (AJ, qurilish tashkilotlari) rahbarlari tomonidan shaxsiy namuna hamda yuqori jonbozlik ko‘rsatilmoqda.

Foto: O‘zbekgidroenergo
Foto: O‘zbekgidroenergo

Rejaga binoan, Pskom GES hududi bo‘ylab umumiy hisobda 5 mingta manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqazilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, o‘tkazilgan tadbir davomida 500 tadan ortiq ko‘chatlar o‘tqazildi.

«Dolzarb 40 kunlik» doirasida gidroenergetika tizimida faoliyat yurituvchi har bir xodim obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga bahamjihat, jamoaviy birlikda, ko‘tarinki kayfiyatda yondashmoqda.

Ta'kidlash joizki, «dolzarb 40 kunlik» butun tizim bo‘ylab, jumladan jamiyat tarkibidagi korxona va tashkilotlar, kaskad va GESlar hududlarida belgilangan reja bo‘yicha davom ettirilmoqda.

«O‘zbekgidroenergo» AJ Axborot xizmati Ⓣ

Top