Islom Abduğaniyeviç Abdurahmonov «Özbekgidroenergo» AJ boşqaruvi raisi vazifasini vaqtinça bajaruvçi lavozimiga tayinlangan.

U mazkur taşkilotning sobiq rahbari Abduğani Sanginovning öğli hisoblanadi.

Hozirda 66 yoşda bölgan Abduğani Abdurahmonoviç Sanginov muqaddam Qişloq va suv xöjaligi vazirligi «Özsuvenergo» birlaşmasini boşqargan, 2017 yil mayida uşbu birlaşma negizida taşkil etilgan «Özbekgidroenergo» AJ boşqaruvi raisi etib tayinlangandi.

2025 yil 17 dekabr kuni esa Bahodir Siddiqov «Özbekneftgaz» rahbarligidan ketib, uning örnini Abduğani Sanginov egallagani ma’lum böldi.

Ma’lumot uçun, Islom Abdurahmonov muqaddam «Töpalang HPD water construction» UKning yagona ta’sisçisi bölgan «Töpalang HPD HOLDING» MÇJga rahbarlik qilgan va holding uluşining katta qismi – 61,70 foizi unga tegişli edi.

Öz navbatida, «Töpalang HPD water construction» kompaniyasi 2020 yil mayida öpiriliş röy bergan Sardoba suv ombori qurilişida qatnaşgan 10 dan ziyod subpudratçilardan biri bölgan.