Tadbirni “Özbekgidroenergo” AJ Apparat rahbari Suhrob Hamroyev oçib berib, amalga oşirilgan işlar va mos Vaziyatlar markazi faoliyati töğrisida tadbir iştirokçilariga batafsil ma’lumot berdi.

Markaz faoliyati haqida sohadagi boşqa mutaxassislar ham töliq va batafsil aytib ötişdi. Markaz joylardagi tizimlarning uzluksiz işlaşini ta’minlab, AJ tasarrufidagi jami 6 ta suv ombori hamda 80 tadan ziyod katta va kiçik GESlarni real vaqt rejimida mukammal kuzatiş va tahlil qiliş imkoniyatini yaratilgan.

Şuningdek, çuqur örganişlar asosida Jamiyat tasarrufidagi suv omborlarini xavfsiz işlaşini ta’minlab boriş maqsadida barça turdagi nazorat-ölçov qurilmalariga zamonaviy datçiklar örnatilib, ma’lumotlarni onlayn tarzda yuqori aniqlikda uzatiş, suv omborlari xavfsizlik holatini doimiy monitoring qiliş hamda hodisalarni elektron tarzda avtomatik qayd etişga erişildi. Bunda, Italiyaning nufuzli “SISGEO” kompaniyasining jami 1500 ga yaqin zamonaviy va yuqori aniqlikdagi qurilma va jihozlari (datçiklar) obektlarga örnatildi.

Bu orqali olinayotgan axborotlarning işonçliligi va tezkorligi oşib, suv omborlaridagi gidrotexnika inşootlari uçun işlab çiqilgan miqdor va sifat taşxis körsatkiçlari bilan boğliq xavfsizlik mezonlarini inson omilisiz onlayn tarzda nazorat qiliş, baholaş, ularni operativ tahlil qiliş va tegişli çora-tadbirlarni belgilaş imkoniyati yaratildi.

Yana bir muhim jihat, amalga oşirilgan barça raqamlaştiriş va avtomatlaştiriş çora-tadbirlari asnosida, respublikamizda birinçi marotaba mahalliy mutaxassislarni jalb etgan holda, suv omborlari uçun “Xavfsizlik mezonlari” işlab çiqildi. Bunda, suv omborini xavfsiz işlatiş böyiça mezoniy körsatkiçlar belgilandi. Bugungi kunda “Özbekgidroenergo” AJ Boşqaruvidagi suv omborlarida töliq avtomatlaştirilgan tizim yaratildi.

Bundan taşqari, Germaniyaning “Yer tadqiqotlari markazi”ning “Markaziy Osiyoda suv” loyihasi tomonidan hududda suv zaxiralarini aniqlaş, uzluksiz kosmik kuzatuvlarga asoslangan suv zaxirasini monitoring qiliş “MODSNOW” dasturi tizimda joriy etildi. Bu bilan dasturiy ta’minotda sun’iy yöldoşdan olingan foto va videosuratlar yordamida matematik hisoblarni amalga oşiriş orqali qor zaxirasini katta aniqlik bilan hisoblaş imkoni yaratildi.















