Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan 28 yanvar kuni elektr energetikasini 2025-2035 yillarda rivojlantiriş çora-tadbirlari böyiça ötkazilgan yiğilişda mamlakatimizda sönggi sakkiz yilda elektr işlab çiqariş 38 foizga oşib, 81,5 milliard kilovatt soatga yetgani, xususiy sektorga keng yöl oçilgani tufayli 11,2 gigavattli qöşimça quvvat yaratilgani, natijada bu sektorning generatsiyadagi uluşi 24 foizga, “yaşil” energiya hissasi esa 16 foizga yetgani qayd etildi.

Aytiş joizki, bu borada mamlakatimizda ekologik toza, arzon va qayta tiklanuvçi energiya manbalarini köpaytiriş hamda mavjud quvvatlarni oşirişga alohida e’tibor qaratilib, “Özbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan mahalliylaştiriş doirasida keng kölamli amaliy faoliyat olib borilmoqda.

Jamiyat tomonidan rejaviy asosda hududlarda kiçik va mikro şakldagi yangi GESlar barpo etilib, foydalanişga topşirilmoqda.

30 yanvar kuni Qaşqadaryo viloyati Şahrisabz tumanida, Hisorak suv ombori qoşida yangidan barpo etilgan Hisorak kiçik GESning rasmiy oçiliş marosimiga bağişlangan tantanali tadbir bölib ötdi.

Tantanali oçiliş marosimida Özbekiston Respublikasi Boş vazirining örinbosari Açilbay Ramatov, “Özbekgidroenergo” AJ Boşqaruvi raisi Abduğani Sanginov, Qaşqadaryo viloyati hokimining quriliş, kommunikatsiyalar, kommunal xöjalik, ekologiya va kökalamzorlaştiriş masalalari böyiça örinbosari Murodullo Azizov, Şahrisabz tumani hokimligi hamda hududiy tizim korxonalari mutasaddilari, soha mutaxassislari, mahalliy aholi hamda OAV vakillari iştirok etdi.

Tadbirni kiriş sözi bilan Qaşqadaryo viloyati hokimi örinbosari Murodullo Azizov oçib berdi hamda yurtimizda Prezidentimiz rahnamoligida energetika sohasi, xususan, “yaşil” energetika manbalarini rivojlantirişga alohida e’tibor qaratilayotganini, bu borada, “Özbekgidroenergo” AJ tomonidan amalga oşirilayotgan istiqbolli loyihalar viloyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişiga muhim hissa qöşayotganini alohida qayd etdi.

Sözga çiqqan “Özbekgidroenergo” AJ tizim taşkiloti “Gidroquriliş buyurtmaçi xizmati” MÇJ direktori Vohidjon Ahmadjonov tomonidan xalqimizga xizmat qiliş yuksak şaraf ekani, gidroenergetika tarmoği “yaşil energetika”ning muhim manbai ekani, Jamiyat tomonidan amalga oşirilayotgan loyihalar ijrosi endilikda tölaqonli mahalliylaştiriş doirasida bajarilayotgani, hududlarda qurilayotgan kiçik va mikro GESlar loyihalarida milliy kontentdan samarali foydalanilayotgani ta’kidlandi.

“Özbekgidroenergo” AJ tomonidan Şahrisabz tumani iqtisodiy-ijtimoiy rivoji hamda mahalliy aholi farovonligi uçun energetik quvvati 3,5 MVtga teng, yiliga örtaça 17,5 mln kVt.soat elektr energiyasi işlab çiqaruvçi Hisorak kiçik GES foydalanişga topşirildi.

Hisorak kiçik GES qurilişi töliq mahalliylaştiriş doirasida Jamiyat tomonidan amalga oşirildi. Loyihalaş va quriliş-montaj işlari tizim taşkilotlari “Gidroproyekt” AJ hamda “Gidroquriliş buyurtmaçi xizmati” MÇJ tomonidan bajarildi.

GESning loyihaviy qiymati 1,5 mln dollarga teng. Yangi GESda 6 ta iş örni yaratildi. GES faoliyati yiliga örtaça 5 mln m3 tabiiy gaz iqtisod qilinişiga zamin yaratadi.

Işga tuşirilgan mazkur GES tomonidan işlab çiqariladigan elektr energiya 7 300 ta xonadonni nurafşon qilişga xizmat qiladi.

Axborot xizmati
Reklama huquqi asosida