Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyadan O‘zbekistonga 5ta maxsus poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Voljskiy-Toshkent” yo‘nalishida yo‘lovchi poyezdining 5ta maxsus reysi yo‘lga qo‘yiladi.
Transport vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur poyezdlar 2021 yil 15, 19, 22, 26, 29 noyabr kunlari soat 20:57da “Voljskiy-Toshkent” yo‘nalishida harakatini amalga oshiradi.
Ushbu poyezdlarga faqat bir tomonga, ya'ni “Voljskiy-Toshkent” yo‘nalishiga chiptalar sotiladi. Chiptalarni elektron tarzda ham sotish yo‘lga qo‘yilgan.
Rossiyadagi fuqarolarning yaqinlari O‘zbekistonda turib, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjati nusxasi bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati veb-sayti orqali ye-ticket.railway.uz’dan chiptalarni elektron tarzda xarid qilib olib, jo‘natishlari ham mumkin.
Joriy yil oktyabr oyida Rossiyadan O‘zbekistonga 4ta maxsus poyezd reysi qatnovi amalga oshirilishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
11:20 / 01.07.2026
Rossiya 7 ta temiryo‘l chegara punkti faoliyatini to‘xtatdi
10:55 / 01.07.2026
Sirskiy: Rossiya Chernixiv viloyatiga hujum qilishni rejalashtirmoqda
08:55 / 01.07.2026
Rossiya va Euroclear o‘rtasidagi nizo Belgiya sudigacha yetib bordi
08:39 / 30.06.2026