Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyadan O‘zbekistonga 4ta maxsus poyezd reysi qatnovi amalga oshiriladi
Rossiyadan O‘zbekistonga maxsus poyezdlar qatnovi qo‘yilmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Rossiyadan O‘zbekistonga qaytish istagida bo‘lgan fuqarolarga pandemiya davrida qulaylik yaratish maqsadida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan «Voljskiy-Toshkent» yo‘nalishida 4ta maxsus reys rejalashtirilmoqda.
Ma'lum qilinishicha, poyezdlar 22, 25, 29 oktabr hamda 1 noyabr kunlari soat 20:57da «Voljskiy-Toshkent» yo‘nalishida harakatini amalga oshiradi.
Ushbu reyslarga faqat bir tomonga, ya'ni «Voljskiy-Toshkent» yo‘nalishiga chiptalar sotiladi.
Rossiyadagi fuqarolarning yaqinlari O‘zbekistonda turib, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjati nusxasi bilan e-ticket.railway.uz orqali chiptalarni elektron tarzda xarid qilib, jo‘natishlari ham mumkin, deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
11:20 / 01.07.2026
Rossiya 7 ta temiryo‘l chegara punkti faoliyatini to‘xtatdi
10:55 / 01.07.2026
Sirskiy: Rossiya Chernixiv viloyatiga hujum qilishni rejalashtirmoqda
08:55 / 01.07.2026
Rossiya va Euroclear o‘rtasidagi nizo Belgiya sudigacha yetib bordi
08:39 / 30.06.2026