Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya Polsha-Belarus chegarasiga harbiylar yubordi
Britaniya mudofaa vazirligi Polsha va Belarus chegarasidagi migratsiya inqirozi ortida u yerga chegarani mustahkamlashda yordam berish uchun harbiylar yuborganini tasdiqladi.
Foto: Kacper Pempel/Reuters
“Britaniya qurolli kuchlari harbiylarining kichik guruhi Polsha hukumati bilan mavjud kelishuvga ko‘ra, Polshaga yuborildi. Harbiylar Belarus bilan chegaradagi vaziyatni hal qilish uchun qanday muhandislik yordami ko‘rsata olishimizga baho beradi”, deb aytilgan mudofaa vazirligi xabarida.
Avvalroq Polsha mudofaa vaziri Mariush Blashchak britaniyalik harbiylar Polshaga Belarus bilan chegaradagi to‘siqni mustahkamlashda yordam berishini ma'lum qilgan.
Yozda Belarusning Polsha va Boltiqbo‘yi davlatlari bilan chegarasida G‘arbiy Yevropaga o‘tishga urinayotgan Yaqin Sharq va Afrikadan qochqinlar oqimi ko‘paygandi. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Minsk qochqinlar oqimini boshqa ushlab turmasligini, chunki G‘arb sanksiyalari sababli mamlakatda “bunga na kuch va na pul borligi”ni aytgan.
Mavzuga oid
11:35 / 13.03.2026
XJS Lukashenko tanqidchilarining Belarusdan chiqarib yuborilishini tergov qilmoqda
15:26 / 04.03.2026
Toshkentdagi yangi muzey majmuasi BBC’ning eng muhim loyihalar ro‘yxatiga kiritildi
13:31 / 13.02.2026
London Ukrainaga 1000 ta Britaniya raketasini taqdim etadi
13:13 / 10.01.2026