Özbekistonda qurilayotgan 110 MW quvvatli kiçik atom elektr stansiyasi qiymati 1 mlrd dollardan kam böladi. Bu haqda 6 oktyabr kuni Jizzax viloyatining Foriş tumanida AES quriliş maydoniga uyuştirilgan press-tur davomida AES qurilişi direksiyasi rahbari Abdujamil Kalmuratov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Spot.
Kalmuratov kelajakda AES joylaşadigan hududdagi tayyorgarlik işlarining moliyalaştiriş manbasi haqidagi savolga javoban, loyiha davlat budjeti hisobidan amalga oşirilayotganini aytdi.
“Ha, bu davlat budjeti mablağlari hisobidan moliyalaştirilmoqda. Bu – davlat loyihasi, töliq özbek loyihasi. Moliyalaştiriş manbayi – bizning budjetimiz. Atom loyihasi milliy loyiha bölişi kerak”, – dedi AES qurilişi direksiyasi rahbari.
Uning sözlariga köra, loyihaning yakuniy qiymati şartnoma imzolanganidan keyin ma’lum böladi.

Foto: Javoxir Esonboyev / Spot
Kalmuratovning aytişiça, loyiha umumiy qiymatining qariyb 60 foizi qurilişning birinçi bosqiçiga töğri keladi, qolgan qismi esa reaktor turiga qarab 25–40 foizni taşkil etadi. U kiçik AESdagi reaktorlar sonining oltitadan ikkitagaça qisqartirilişi loyihaning umumiy qiymatini uç barobar kamaytirmasligini qayd etdi.
“Bu yerda şunçaki uçga bölib bölmaydi. Gap avvalgi qiymatning taxminan yarmi, biroz köproği haqida ketmoqda. Ammo [katta AES] bilan integratsiya tufayli umumiy xarajat yana kamayadi”, – dedi u va kiçik AES loyihasining qiymati 1 milliard dollardan kam bölişini aytdi.
Kalmuratov batafsil ma’lumot bermadi, çunki loyiha katta AES bilan birlaştirilganidan söng qöşimça hisob-kitoblar talab etiladi.
“Yakuniy şartnomada narx aniq belgilanadi”, – dedi u.

Foto: Javoxir Esonboyev / Spot
Mart oyida “Özatom” direktori Azim Ahmedxöjayev har biri 55 megavattlik 6 ta RITM-200N reaktorlaridan iborat kiçik AES qiymati 2 milliard dollardan kam bölişini














