15:30 / 12.11.2021
6561

ERIELL Group: kompaniya Qarshidagi sanoat yarmarkasida ishtirok etmoqda

Foto: ERIELL Group

Qarshida «Neft va gaz, elektr energetika, kimyoviy, to‘qimachiliye, charm-poyabzal sanoati» mintaqaviy sanoat yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda ERIELL Group ham ishtirok etmoqda. 

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tashabbusi bilan Qashqadaryo viloyati hokimligi va «O‘zbekneftgaz» AJ hamkorligida tashkil etildi.

Foto: ERIELL Group
Foto: ERIELL Group

Tadbirning ochilishi marosimida tabrik so‘zi bilan Qashqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzayev ishtirok etdi. U bunday yarmarkalarni o‘tkazish muhimligini qayd etdi, chunki ular tadbirkorlarga o‘z tovar va xizmatlarini taqdim etish, shuningdek tajriba almashish, hamkorlik uchun yangi foydali tanishlar orttirish imkoniyatini taqdim etadi. 

«Mintaqaviy sanoat yarmarkalarini o‘tkazish mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qiladi, chunki ularda O‘zbekistonning barcha hududlaridan tadbirkorlik sub'yektlari ishtirok etadi», – deya o‘z so‘zini yakunladi viloyat rahbari.

Foto: ERIELL Group

Keng pavilonda yoqilg‘i-energetika majmuasining yirik sanoat korxonalari, tovar va xizmatlar ishlab chiqarayotgan qariyb 150 ta mahalliy tadbirkorlik sub'yektlari stendlari namoyish etildi. 

Tadbir doirasida neft va gaz sanoati tarmoqlari va ilm-fanning faol integratsiyasi, zamonaviy ilmiy-innovatsion ishlanmalarni amaliyotga jadal joriy etishga doir dolzarb vazifalarga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.  ERIELL Group nomidan geologiya bo‘limi boshlig‘i Mahmud Jo‘raqulovich Sharopov so‘zga chiqdi. U kompaniyaning burg‘ulash borasidagi yutuqlari, neft va servis xizmatlari sohasidagi boy tajribasi, shuningdek istiqbolli loyihalar to‘g‘risida so‘zlab berdi.

Foto: ERIELL Group
Foto: ERIELL Group

«Sanoat yarmarkasi – kerakli va juda foydali tadbir. Ko‘pchilik kompaniyamiz faoliyati, hamkorlik imkoniyatlari bilan qiziqadi. Bunday tadbirlar mutaxassislarimizga boshqa kompaniyalar faoliyati, yutuqlari va tajribasi, ular qo‘llayotgan texnologiyalar bilan tanishishga yordam beradi. 

Ko‘rgazma poytaxt tadbirlari darajasida o‘tdi, buning uchun barcha tashkilotchilarga alohida minnatdorlik izhor qilmoqchiman», – dedi spiker.

Buranov Chingiz Valerevich, Gazli PXG loyihasi bosh muhandisi:

«Yarmarka menda juda yaxshi taassurot qoldirdi, u yuksak darajada tashkil etilgan. O‘zbekistonda sanoat jadal rivojlanayotganini hisobga olgan holda hozirgi davrda bunday tadbirlarni o‘tkazish juda to‘g‘ri, deb hisoblayman. Bu korxonalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni shakllantirish jarayonini tezlashtirishga yordam beradi. Kompaniyamiz uchun bu tadbirda ishtirok etish eng avvalo neft va gaz makonida raqobatbardoshlik mavjudligidan dalolatdir. Shaxsan men uchun esa yarmarkada ishtirok etish foydali tajriba bo‘ldi, chunki bunday tadbirlarda ilk bor ishtirok etmoqdaman. Bundan tashqari, bu yoqimli muloqot va yangi tanishuvlar imkoniyati hamdir».

Umuman olganda, ishtirokchilar va mehmonlar bunday tadbirlar investorlarda katta qiziqish uyg‘otadi, bu esa o‘z navbatida nafaqat shaharlar, balki viloyatlar budjetiga sarmoya kiritilishiga xizmat qiladi, degan fikrda yakdil. Ko‘rgazma yakuniga ko‘ra, barcha ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

ERIELL Group matbuot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid
Top