Özbekistonning aksariyat hududlarida odamlar 4-5 oy davom etadigan sovuq kunlardan qanday çiqib olişni öylay boşlaydi. Kimdir yarmidan köpi kukun bölgan arzon kömir xarid qiladi, kimdir esa hovlisidagi daraxtni kesib yoqadi. Yaxşiroq daromadga ega bölganlar Qozoğiston va Qirğizistondan keltirilayotgan sifatli kömir sotib olişadi. Yoki ötin bozorlarda yuk maşinalarida sotilayotgan ötinga xaridor bölişadi.
Yoqilği bor. Endi uni qanday yoqiş kerak? Odamlar bu borada ham turli usullar qöllaşadi. Aksariyat odamlar uylarni oddiy peçkalar bilan isitişadi. Söngi yöllarda ustalar ham şaroitga moslaşib ança tejamkor peçkalarni kaşf etyapti.

Ana şunday ustalardan biri Urgut tumani Xöjabaland mahallasida yaşovçi Abdumannon Ubaydullayev hisoblanadi. U bundan 12 yil avval Rossiyadan örganib kelib yoqilği tejaydigan peçkani yasay boşlagan. Bugun uşbu peçlar «Poçvon peçka» nomi bilan nafaqat Samarqand viloyatida, balki qöşni voha viloyatlarda ham maşhur bölib ulgurgan.

«Bundan 13 yil avval Rossiyaga işlagani borganman. Öşa yerda biz yaşagan uyda turgan peçka ozgina kömir yoki ötin bilan xonani uzoq vaqt isitib turardi. Şunda uni qanday yasalganini kördim va keyingi yil Rossiyaga bormay, özimizda öşa peçga öxşatib peçka yasay boşladim. Boşida odamlarga yasayotgan peçkamning afzalliklarini tuşuntiriş biroz qiyin böldi. Ammo keyinçalik işlarimiz yurişib ketdi va tejamkor peçkalarimiz ommalaşa boşladi», — deydi usta.

Ustaning aytişiça, u faoliyatini endigina boşlagan kezlarda peçkalarini mavsumga qarab asosan kuz hamda qiş fasllarida yasaşgan. Bugun usta öz şogirdlari bilan yil davomida peçka yasayapti, ammo şunda ham buyurtmalarni tayyorlaşga ulgurişmayapti. Peçka sörab kelayotgan odamlarga bir oylik muhlat aytilişi buyurtmaçilarni xafa bölib qaytib ketişiga ham sabab bölmoqda. Ayrim odamlar «Oşiqça pul tölayman, tezroq yasab bering», deb ham taklif qilişadi. Ammo usta navbatni buzmoqçi emas.
«Hozir buyurtmalar şunçalik köpki, «Poçvon peçka» yasab beringlar deb kelayotgan odamlarga bir oydan söng tayyor bölişini aytişga majburmiz. Aksariyat mijozlar bir oy kutişga ham tayyor. Ayrimlar esa kutmay boşqalarga ham ketib qolişadi. Biz yasayotgan peçkalarning dovruği qöşni viloyatlarga ham yetib bordi va endi ular ham köplab buyurtmalar berişyapti. Hozir Qaşqadaryo viloyatidan kelgan buyurtmani yasayapmiz»











