O‘zbekiston | 16:49 / 15.11.2021
12771
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev: «Mablag‘lar mahallaning ehtiyojidan kelib chiqib belgilanadi»

Ayni vaqtda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash borasida 2022 yilda amalga oshiriladigan dasturlar hamda hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilish avvalida davlat rahbari kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash masalalariga to‘xtaldi.

«Har bir hududda saylovoldi uchrashuvlarida xalqimiz bilan birga katta-katta marralarni belgilab oldik. Oldimizda turgan eng muhim vazifa - ushbu dasturlarni mahallagacha tushirib, ijrosini ta’minlash hisoblanadi.

Bugungi kunga qadar shakllangan dastur loyihalari eskicha qolipda tayyorlangan va birortasida «ega-kesim» yo‘q, birorta viloyat hokimi buni o‘zidan o‘tkazmagan. Shu bois, kelgusi yil berilayotgan mablag‘lar va yaratilayotgan imkoniyatlar mahallaning ehtiyojidan kelib belgilanadi.

Bunda mahallada ish o‘rinlari yaratish va kambag‘allikni qisqartirish asosiy mezon bo‘ladi. Bu ishlarni amalga oshirishga hokim yordamchilari mas’ul bo‘ladi», dedi prezident.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid