Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida O‘zbekiston hududi orqali xavfli yuklar tranziti to‘g‘risidagi bitim tasdiqlanadi
“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi e'lon qilindi.
2021 yil 10 iyun kuni Dushanbe shahrida imzolangan O‘zbekiston hukumati bilan Tojikiston hukumati o‘rtasidagi O‘zbekiston hududi orqali xavfli yuklar tranziti to‘g‘risidagi bitim tasdiqlanadi.
Qayd etilishicha, Tojikiston tomoni O‘zbekiston hududi orqali Tojikistonning xavfli yuklarini olib o‘tish uchun ruxsatnomani 1 oydan 1 yilgacha cho‘zish imkoniyatini ko‘rib chiqishni so‘rab murojaat qilgan.
Bitim muqaddima, yakuniy qoidalar va 12 moddadan iborat. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekiston hududi orqali xavfli yuklarni olib o‘tish tartibini belgilash, shuningdek xavfli yuklarni olib o‘tish uchun ruxsatnoma muddatini bir yilgacha uzaytirishdan iborat.
Hozirgi vaqtda “Maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranziti to‘g‘risida”gi qonun 11-moddasiga asosan tranzit ruxsatnomasining amal qilish muddati o‘ttiz kundan oshmaydi.
Ma'lumot o‘rnida, tranzit ruxsatnomasi egasining asosli iltimosnomasiga binoan uning amal qilish muddati o‘ttiz kundan ortiq bo‘lmagan muddatga bir marotaba uzaytirilishi mumkin.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
18:02 / 02.06.2026
Tojikistonda O‘zbekistondan keltirilgan havo shari quladi va odamlar jarohat oldi
18:31 / 29.05.2026
Moskva-Dushanbe poyezdi harakati 6 yillik tanaffusdan so‘ng tiklanadi
09:41 / 23.05.2026