Talabalar bayrami 1946 yil 17 noyabr Praga şahrida butun dunyo talabalar kongressida tasdiqlangan. Uning tarixi Ikkinçi jahon uruşi vaqtida Çexoslovakiyada boşlangan fojiali voqealarga borib taqaladi.

Hitler istilosi

Xalqaro talabalar kunini nişonlaş kontekstini yaxşiroq tuşuniş uçun Ikkinçi jahon uruşi oldidan Yevropa tarixiga nazar taşlaş kerak. 1933 yilda Germaniyada hokimiyat tepasiga Adolf Hitler keldi. Keyingi yillarda mamlakat öz çegaralaridan taşqarida bölgan, ammo ular Germaniya Reyxiga tegişli deb hisoblagan hududlarga nisbatan tobora tajovuzkor da’volarni bildirdi.

1938 yilda Hitler öz vatani Avstriyani anneksiya qildi. Köp ötmay Çexoslovakiya öz hududining bir qismidan voz keçişga majbur böldi va Uçinçi Reyxga Çexoslovakiyaning hududlari ustidan nazoratni berdi. Çexoslovakiya bölinib, mustamlakaga aylandi.

1939 yil mart. Praga. Diktator Adolf Gitler bosqini davri. Manba: Wikipedia

Namoyişdan söng qamoqqa olingan va sudsiz qatl etilgan talabalar

1939 yil oxirida Çexiya va Moraviya protektoratining natsist hukumati Pragada Çarlz (Charles University) universitetining tibbiyot fakulteti talabalari tomonidan uyuştirilgan namoyişni bostirişdi. Namoyiş 28 oktyabrda Çexoslovakiya Respublikasi mustaqilligi bayrami munosabati bilan bölib ötdi. Uşbu namoyiş paytida talaba Yan Opletal öqdan jarohatlangan, keyinçalik u 11 noyabrda olgan jarohatlaridan vafot etgan.

15 noyabr kuni uning jasadi Pragadan Moraviyadagi uyiga olib ketilişi kerak edi. Uning dafn marosimi tadbiri minglab talabalardan iborat natsistlarga qarşi namoyişga aylanib ketdi.

Yan Opletalning dafn marosimi. 1939 yil 16 noyabr. Manba: Wikipedia
Yan Opletalning dafn marosimi. 1939 yil 16 noyabr. Manba: Wikipedia