O‘zbekiston | 08:23 / 17.11.2021
3290
2 daqiqa o‘qiladi

Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xodimlari maoshi ikki barobar oshiriladi

Foto: Kun.uz

Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini ta'minlash sohalarini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xodimlarining oylik maoshlarini 2 barobarga oshirish to‘g‘risidagi taklifga rozilik beriladi. 2022 yil 1 apreldan boshlab Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xodimlarining yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash tarif koeffitsiyentlari 2 baravar miqdorida qo‘llanadi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi 2022 yil 1 iyunga qadar O‘zbekiston Respublikasi aholisini zilzilaga tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Fanlar akademiyasi 2022 yil 1 fevralga qadar “Seysmik xavfsizlik sohasi a'lochisi” ko‘krak nishonini ta'sis etish to‘g‘risida qaror loyihasini ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi, 2022 yil 1 martga qadar O‘zbekistondagi seysmik vaziyatni inobatga olgan holda “Seysmik xatarni kamaytirish dasturi” to‘g‘risida normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqadi, 2022 yil 1 mayga qadar Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti olimlari bilan hamkorlikda rivojlangan davlatlarda qo‘llanilib kelayotgan makroseysmik shkalalarni o‘rganib chiqib, milliy makroseysmik shkala “UMS-22”ni ishlab chiqadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid