Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Tojikistonni diniy erkinliklarni buzuvchi 10 mamlakat ro‘yxatiga kiritdi
Ro‘yxatdan Birma, Xitoy, Tojikiston, Eritreya, Eron, KXDR, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Turkmaniston va Rossiya o‘rin olgan.
AQSh davlat kotibi Entoni Blinken diniy erkinliklarni buzishga aloqador mamlakatlar ro‘yxatini e'lon qildi. Bu haqda AQSh davlat departamenti xabar bermoqda.
Ro‘yxatdan Birma, Xitoy, Tojikiston, Eritreya, Eron, KXDR, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Turkmaniston va Rossiya o‘rin olgan.
Qayd etilishicha, bu mamlakatlar «diniy e'tiqod erkinligi muntazam, davomli ravishda buzilishi sababli» davlat departamentini tashvishga solmoqda.
Jazoir, Komor orollari, Kuba, Nikaragua «diniy e'tiqod erkinligini jiddiy ravishda buzgani uchun» alohida ro‘yxatga kiritilgan.
Bundan tashqari, «Al-Shabob», «Al-Qoida», «Boko Haram», «Hay'at Tahrir ash-Shom», xusiylar, IShID, Jamoat Nasr al-Islom val-Muslimin va Tolibon departamentni xavotirga solayotgan tashkilotlar ro‘yxatidan joy olgan.
Tojikiston AQSh davlat departamentining diniy erkinlik borasidagi tanqidiga qo‘shilmayapti. Ta'kidlanishicha, mamlakatni ushbu ro‘yxatga kiritish uchun hech qanday asos yo‘q.
Mavzuga oid
18:02 / 02.06.2026
Tojikistonda O‘zbekistondan keltirilgan havo shari quladi va odamlar jarohat oldi
18:31 / 29.05.2026
Moskva-Dushanbe poyezdi harakati 6 yillik tanaffusdan so‘ng tiklanadi
09:41 / 23.05.2026
O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga ko‘proq bormoqda?
22:36 / 21.05.2026