20:00 / 18.11.2021
8809

Farmatsevtika sohasining bugungi holati: muammolar va istiqbollar

Bugun, 18 noyabr kuni Toshkent farmatsevtika institutida “Farmatsevtika sohasining bugungi holati: muammolar va istiqbollar” mavzusida xalqaro onlayn ilmiy-amaliy anjuman o‘z ishini boshladi.

Foto: Toshkent farmatsevtika instituti

Ushbu xalqaro anjuman O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 maydagi PQ-4310 sonli “Tibbiyot va farmatsevtika ta'limi va ilm-fan tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2020 yil 10 apreldagi PQ-4670 son “Yovvoyi holda o‘suvchi dorivor o‘simliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash hamda mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari asosida har yili an'anaviy tarzda o‘tkazib kelinmoqda.

Foto: Toshkent farmatsevtika instituti
Foto: Toshkent farmatsevtika instituti

Anjuman Toshkent farmatsevtika instituti rektori, t.f.d. Kamal Saidakbarovich Rizayev, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari, t.f.d., professor, Amrillo Shodiyevich Inoyatov, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Hikmatovich Kariyev, Sankt-Peterburg davlat kimyo-farmatsevtika universiteti rektori farm. f.d., professor Igor Anatolevich Narkevich, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti direktori, k.f.d., akademik Shavkat Ismailovich Salihov, Xarkov Milliy farmatsevtika universiteti rektori farm.f.d., professor Alla Anatoliyevna Kotvitska, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi O‘simlik moddalari kimyosi instituti direktori t.f.d., professor Shomansur Shohsaidovich Sagdullayev, Budapesht “Labmagister Training and Science” OAJ Bosh direktori, dr. Endre Mikusning qutlov kirish so‘zlari bilan ochildi.

Foto: Toshkent farmatsevtika instituti

Konferensiya davomida O‘zbekiston, Rossiya, Ukraina, Janubiy Koreya, Hindiston, Vengriya, Turkiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston kabi mamlakatlar nufuzli oliygohlarining 120dan ortiq professori tomonidan quyidagi mavzularda plenar, seksion va devoriy ma'ruzalar amalga oshirilmoqda:

  • Farmatsevtik ta'lim sohasidagi islohot, yutuqlar, muammolar, kelajak rejalari;
  • Sanoat farmatsiyasidagi dolzarb muammolar;
  • Farmatsiya marketing va menejment, milliy dori siyosatining ustuvor     yo‘nalishlari;
  • Dori vositalari sifatini nazorat qilish, standartlash va sertifikatlash;
  • Yangi dori vositalarini yaratish;
  • Farmakologiya va klinik farmatsiya
  • Sud va klinik toksikologiya.
Foto: Toshkent farmatsevtika instituti
Foto: Toshkent farmatsevtika instituti

Shuningdek, konferensiya shu'balarida innovatsion yarmarka tashkil etildi. Qolaversa, 30 yoshgacha bo‘lgan olimlarning ilmiy ishlari saralanib “Yosh olimlar” tanlovi doirasida munosib nomzodlarga mukofotlar topshirildi.

Butun insoniyatni 2019 yildan buyon ta'qib qilib kelayotgan Covid-19 pandemiyasi va unga qarshi kurashda dunyo olimlarining o‘z tajriba va nuqtai nazarlari aks etgan “Virusli kasalliklarning oldini olish, qarshi kurashish va asoratlarini davolash uchun biomolekulyar tizimli preparatlar yaratish istiqbollari” k.f.d., yetakchi ilmiy xodim Nodirali Soxobataliyevich Normahamatov, SARS-CoV-2 virusining 3CLpro va rnk polimerazasiga bog‘liq ingibirlovchi COVID-19ga qarshi dorilarni yaratish k.f.d., akademik Shavkat Ismailovich Salihov, “pandemiya davrida farmatsevtika firmalari uchun aloqa strategiyalari” Professor Elena Evtushenkoning ma'ruzalari anjuman ishtirokchilari o‘rtasida qizg‘in muhokama etildi.

Foto: Toshkent farmatsevtika instituti
Foto: Toshkent farmatsevtika instituti
Foto: Toshkent farmatsevtika instituti

Xalqaro miqyosda muhokama etilgan ushbu masalalar bugungi kun farmatsiya sohasida dolzarb bo‘lib, ular yuqori malakali kadrlar tayyorlashda ijobiy ta'sir ko‘rsatishga, farmatsevtika sohasida fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasiga oid muammolar hal etilishiga xizmat qiladi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top