08:35 / 18.11.2021
6339

O‘zbekistonda ingliz tilini bilish darajasi «juda past» deb baholandi 

Ingliz tilida gaplashish indeksi (EF English Proficiency Index) butun dunyo bo‘ylab ingliz tilini bilish bo‘yicha tadqiqot olib bordi. Ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston 112 ta davlat orasida 88-o‘rindan joy oldi.

Foto: Getty Images

Reytingda O‘zbekiston Albaniya va Suriya o‘rtasida joylashib, ingliz tilini bilish darajasi «juda past» deb baholanadigan davlatlar guruhiga kirdi

Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari orasida Qozog‘iston 96-o‘rinda, Qirg‘iziston 101-pog‘onada va Tojikiston 103-o‘rinda qayd etildi. Turkmaniston reytingga kiritilmagan. 

Ingliz tilini bilish bo‘yicha ro‘yxatda Niderlandiya, Avstriya va Daniya yetakchilik qilmoqda. 

So‘nggi bir yil ichida odamlarning til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi keskin kamaydi. Pandemiya tufayli odamlar kamroq sayohat qilishni, xizmat safarlariga borishni boshladi va tilni o‘rganish yoki bilish darajasini saqlab qolish zarurati yo‘qoldi. 2019 yilda so‘rov 100 ta, 2021 yilda esa 112 ta davlat o‘rtasida o‘tkazildi. 
 
2020 yil bilan taqqoslaganda, 30 yoshdan oshgan odamlarda rivojlanish sezilarli bo‘lib, 40 yoshlilar birinchi marta tilni o‘rtacha bilish guruhiga kiritilgan. Ushbu tendensiyalar kattalarning kasbiy faoliyati davomida til ko‘nikmalarini egallash qobiliyatini isbotlaydi. 

Ko‘pgina sohalarda ingliz tilini bilish darajasi optimal ishlash uchun talab qilinadigan darajadan o‘rtacha past. Ta'lim, hukumat va sog‘liqni saqlash sohalari reytingning eng quyi pog‘onasida qolmoqda. 

Gana, Haiti, Kongo Demokratik Respublikasi, Madagaskar, Mozambik, Moldova, Somali, Tanzaniya va Janubiy Sudan birinchi marta indeksga kirish uchun yetarlicha ma'lumotlarga ega ekani aniqlandi. 

Top