Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda davlat belgisini yashirib tez harakatlangan Spark Cobalt bilan to‘qnashdi. Haydovchi vafot etdi
Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida davlat raqamini yashirib tez harakatlangan Spark mashinasi Cobalt bilan to‘qnashgan. Oqibatda Spark haydovchisi voqea joyida vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, joriy yil 15 noyabr kuni soat 7:00 larda M41 Bishkek-Dushanbe-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Sho‘rchi tumanidan o‘tgan 1502-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Spark mashinasi haydovchisi davlat raqamini yashirib, katta tezlikda harakatlangan va boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan. So‘ng ro‘paradan kelayotgan Cobalt mashinasi bilan to‘qnashgan.
Oqibatda Spark mashinasi haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.
Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, Spark haydovchisi davlat belgisini yashirib belgilangan me’yorlarni buzgan holda katta tezlikda harakatlangan.
Mavzuga oid
13:57 / 25.06.2026
«Andijon polkasi» tadbiriga ketayotgan o‘quvchilar YTHga uchradi
18:50 / 24.06.2026
Avtomobil tezligini avtomatik cheklaydigan tizim sinovlardan o‘tolmadi
20:30 / 23.06.2026
Haydovchiga sug‘urta tovoni uchun aybdor tomon sug‘urtalovchisiga murojaat qilish imkoniyati berildi
19:59 / 23.06.2026