20:08 / 19.11.2021
6274

Ukraina ichki ishlar vaziri Rossiya va Belarus chegaralari bo‘ylab to‘siq qurishni taklif qildi

Ukraina IIV muhandislik ishlari qiymatini 17 mlrd griven (643 mln dollar) deb baholagan. Vazirlik ma'lumotlariga ko‘ra, Rossiya bilan quruqlikdagi chegaraning umumiy uzunligi 1505, Belarus bilan 1084 kilometrni tashkil etadi. 

Foto: AFP

Ukraina ichki ishlar vaziri Denis Monastirskiy mamlakat Oliy radasini 2022 yilgi davlat budjeti xarajatlarida Rossiya va Belarus chegaralari bo‘ylab to‘siq qurish xarajatlarini ko‘zda tutishga chaqirdi. Bu haqda «Interfaks-Ukraina» xabar bermoqda.

Ukraina IIV muhandislik ishlari qiymatini 17 mlrd griven (643 mln dollar) deb baholagan. Vazirlik ma'lumotlariga ko‘ra, Rossiya bilan quruqlikdagi chegaraning umumiy uzunligi 1505, Belarus bilan 1084 kilometrni tashkil etadi. 

Monastirskiy butun chegara bo‘ylab muntazam ishlaydigan videokuzatuv va signalizatsiyali intellektual tizim joriy etilgan to‘siq, to‘r va tikanli sim o‘rnatish kerak deb hisoblamoqda.

U Rossiyani Polsha va Belarus chegarasidagi migratsiya inqirozida aybladi. Ukraina ichki ishlar vaziri Rossiya Belarus orqali ko‘p sonli nolegal migrantlarni o‘tkazishga qaror qilishi mumkinligini aytdi. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina yaqin ikki hafta ichida chegarani noqonuniy kesib o‘tishga urinishlarning oldini olish bo‘yicha harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishni rejalashtirgan.

Belarus-Polsha chegarasidagi migrantlar bilan bog‘liq inqiroz noyabrda paydo bo‘ldi. Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen vaziyatni YeIga gibrid hujum deb atadi.

Mavzuga oid
Top