Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Facebook O‘zbekistondagi OAV xodimlari hamda yoshlar uchun o‘quv kurslari va treninglar o‘tkazadi
Ma'lumot berilishicha, kurslarda kontent yaratish va uni boshqarish, yolg‘on axborotlarga qarshi kurash usullari ham o‘rgatiladi.
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi va Meta (Facebook) kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolanadi. Bu haqda Fond Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov ma'lum qildi.
Allamjonovning bildirishicha, bugun, 22 noyabr kuni Meta (Facebook) kompaniyasining boshqaruvchi direktori hamda Xitoy, Mo‘g‘uliston va Markaziy Osiyo mamlakatlari davlat siyosati masalalari bo‘yicha rahbari Jorj Chen bilan onlayn uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv natijalariga ko‘ra, Fond va Meta kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolanadi, 2022 yilga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi.
“Unga asosan, mamlakatimizdagi OAV, davlat idoralari va mansabdor shaxslar, hatto davlatimizning xorijdagi elchilari sahifalarini verifikatsiyalash, matbuot kotiblari, jurnalistlar va blogerlar uchun o‘quv kurslari o‘tkazishga kelishib olindi”, deyiladi xabarda.
Ma'lumot berilishicha, kurslarda kontent yaratish va uni boshqarish, yolg‘on axborotlarga qarshi kurash usullari ham o‘rgatiladi.
Allamjonovning qo‘shimcha qilishicha, kiberxavfsizlik sohasida raqamli savodxonlikni oshirish, ijtimoiy tarmoq imkoniyatlaridan maksimal darajada unumli foydalanish mavzularida ham yoshlar uchun maxsus treninglar hamkorlikda joriy qilinadi.
Mavzuga oid
11:21 / 25.10.2025
Yevrokomissiya TikTok, Facebook va Instagram’da qonunbuzarliklarni aniqladi
22:04 / 07.10.2025
O‘zbekistonda Meta vakolatxonasi ochilishi mumkin
22:19 / 05.09.2025
AQShda Mark Tsukerberg bilan Mark Tsukerberg sudlashadi
08:40 / 26.03.2025