Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mardikorlikdan YouTube yulduzigacha - SUBYEKTIV'da “Maktab” seriali ijodkorlari
Millionlab maktab o‘quvchilarini ekran qarshisiga mixlab qo‘ygan veb-serialning yosh aktyorlari – Kun.uz homiyligidagi SUBYEKTIV loyihasining navbatdagi qahramonlari. Filmda kadr ortidagi jarayonlar va ssenariy muallifi Bekzod Yangiboyev bilan yaqindan tanishasiz.
15 sentyabr kuni YouTube'da premera qilingan “Maktab” serialining ilk qismini 3 milliondan ortiq tomoshabin ko‘rib ulgurdi. Veb-serial ayniqsa maktab o‘quvchilari orasida mashhur bo‘lib ketdi.
Har hafta bittadan qismi e'lon qilinayotgan serialning hozirgacha 10ta qismi namoyish qilindi va har bir qism 1 million martadan ortiq ko‘rilmoqda.
E'tiborlisi, veb-serialning ssenariy muallifi Bekzod Yangiboyev 22 yoshda. Kun.uz homiyligidagi SUBYEKTIV loyihasining navbatdagi soni ayni shu yosh ijodkor va uning do‘stlari haqida hikoya qiladi.
Filmda Bekzod Yangiboyevning kino olamiga kirib kelishi, Rossiyada qora ishchi sifatida orttirgan hayotiy tajribasi, aktyorlarning tanlanishi va kadr ortidagi jarayonlar bilan tanishasiz.
SUBYEKTIV'ni YouTube'da va boshqa barcha ommaviy ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring. Mavzular bo‘yicha fikr-mulohazalaringizni izohlarda kutib qolamiz.
Reklama bo‘yicha murojaatlar +998 71 200 44 54 telefon raqami orqali qabul qilinadi.
Mavzuga oid
10:44 / 04.11.2025
O‘zbekistonda yoshlarga nisbatan narkotik jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi
17:20 / 01.11.2025
Ochiq budjetda rekord: “Mening maktabim” loyihasiga 112 mingta taklif kelib tushdi
18:16 / 31.10.2025
O‘zbekiston yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlarida tarixiy natijani qayd etdi
15:31 / 27.10.2025