Suhbatdoşimiz Namangan viloyatida tuğilib ösgan. Dasturlaş sohasini dastavval YouTube’dagi video darslar orqali örganişga harakat qilgan. 

Culture shock’ni qanday qilib yengiş mumkin?

Özbekistonda bakalavrni tamomlagaç Qöşma Ştatlarga ilk kelgan vaqtim 23 yoşda edim. Albatta, har qanday inson uçun yangi muhitga, yangi atmosferaga könikiş qiyin bölsa kerak. Hayotdan olib qarasak ham bir daraxtni ösib turgan joyidan köçirib, boşqa joyga ötkazsangiz yangi joyda ösib-yaşnab ketgunça vaqt kerak böladi. Madaniyatlar xilma-xilligi, odamlar muomalasi, boşqa turdagi ovqatlarga örganiş baribir ham oson bölmaydi. Köpçilik qatori menda ham boşida sulture shock bölgan. Amerikadagi ijtimoiy hayotga moslaşiş va sulture shock’ni yengiş uçun köproq döstlar orttirişga harakat qildim. Çunki qançalik köp odamlar bilan muloqot qilsangiz muhitga moslaşiş ham oson keçadi. Maslahatim, iloji boriça atrof-muhitni örganişga, amerikaliklar nimalarni qadrlaşi haqida köproq bilib oliş zarur. Çunki siz yaşayotgan davlat qayer bölmasin, u yerdagi insonlarning odatlarini qadriyatlarini, albatta hurmat qilişingiz lozim. Qaysi davlatga bormang sulture shock’ni yengiş uçun işlaysizmi yo öqiysizmi köproq odamlar bilan muloqot qilişga harakat qiling. Heç qaçon uyalib turmay tadbirlar, tanlovlarda, albatta qatnaşing.

Foto: UzbekLife

Özbekistondan turib Amerikadan iş topganman

Amerikaga keliş uçun asosli sababingiz bölişi kerak. Masalan, ta'lim, iş yoki migratsiya jarayoni. Men öqişni tamomlagandan söng Özbekistondan turib Amerikadan startap kompaniyasidan dasturçilik böyiça iş topganman. Işga kiriş jarayonidagi intervyu onlayn tarzda bölgan. Bu kompaniya biotexnologiyalar böyiça iş olib borardi. Uşbu kompaniyaning asosiy faoliyati hali davosi topilmagan turli kasalliklar uçun davolovçi dori vositalar va vaksina topiş, ya'ni işlab çiqarişdan iborat edi. Amerikada startap kompaniyalar juda ham köp. Keyinçalik boşqa bir startap kompaniyaga işga ötganman. Özi aslida katta kompaniyalardan köra startap kompaniyalarda işlaş ham qulay, ham osonroq. Bu kompaniyada asosan robototexnika va korobotiklarning operatsion sistemasi böyiça iş olib borayotgan jamoada işlaganman.

Foto: UzbekLife