Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Niderlandiyada shifoxonalar to‘lib ketgani sababli kovid-bemorlar Germaniyaga yuborilmoqda
Mamlakatdagi ko‘plab shifoxonalar onkologiya va yurak-qon tomir kasalliklari bemorlari uchun joylarni qisqartirmoqda va koronavirusdan davolashga moslashtirilmoqda.
Niderlandiyadagi shifoxonalarda koronavirus bemorlari uchun joy yetishmayapti va COVID-19ga chalinganlar davolanish uchun Germaniyaga yuborilmoqda, deb yozadi The Guardian.
Seshanba kuni dastlabki bemorlar Rotterdamdan Bohum shahriga yuborildi.
Qayd etilishicha, Niderlandiyada shifoxonalarning to‘lish ko‘rsatkichi may oyidan buyon eng yuqori darajaga yetgan.
OAVning ma'lumot berishicha, Niderlandiyadagi ko‘plab shifoxonalar onkologiya va yurak-qon tomir kasalliklari bemorlari uchun joylarni qisqartirmoqda va koronavirusdan davolashga moslashtirilmoqda.
Oxirgi haftada Niderlandiyada koronavirus yuqtirish holatlari soni o‘smoqda.
O‘tgan sutkada mamlakatda 23 mingdan ortiq kishida infeksiya aniqlangan.
Mavzuga oid
10:03 / 12.06.2026
Ilon Mask 55 milliard dollarlik Terafab loyihasini ilgari surmoqda
22:32 / 09.06.2026
Niderlandiya bilan o‘yin ishonch berdi: O‘zbekiston JChga tayyor ekan!
19:11 / 08.06.2026
O‘zbekiston va Niderlandiya milliy jamoalari bir kunda ikkita o‘yin o‘tkazadi
17:17 / 07.06.2026