Shavkat Mirziyoyev yil oxirigacha yana uch davlatga safar qiladi

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Rossiyaga amalga oshirilgan tashrifi va rejalashtirilayotgan safarlari haqida ham to‘xtalib o‘tdi.
«Rossiyaga borganimda hamkorlikni yanada jadallashtirish masalalari bo‘yicha ochiqcha gaplashib oldik. Bundan tashqari, qanchalik og‘ir bo‘lmasin, hozirgi xavfsizlik nuqtayi nazaridan ham kafolatli hamkorlarimiz bilan aloqalarni mustahkamlab keldik desak ham haqiqat bo‘ladi.
Iqtisodiy hamkorligimizni ham 2-3 karra oshirish, 14,5 mlrd dollarlik katta-katta dasturlar haqida gaplashdik. Bir narsaga e'tibor qaratishimiz kerak, hozirgi raqamlar tezlik bilan ko‘payishi kerak. Buning uchun eng muhim narsa – ishonch. Davlatlar orasida ishonch bo‘lsagina, bu ishlar amalga oshadi. Yakshanba kuni Ashxobodga, undan so‘ng Qozog‘istonga, keyin Koreyaga boramiz. Nimaga? Chunki tezroq mamlakatimizda ochilgan imkoniyatlarga sarmoyador olib kelishimiz kerak. Tezroq investorlarga sharoit yaratishimiz lozim», deya prezident so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
- Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning ikkinchi muddatga saylangandan keyingi ilk xorijiy safari 19 noyabr kuni Rossiya Federatsiyasiga amalga oshirildi. Davlat rahbari Kremlda Vladimir Putin bilan uchrashuv o‘tkazdi, uchrashuvda O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash hamda ko‘p qirrali hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda kengaytirishning dolzarb masalalari batafsil ko‘rib chiqildi. Xalqaro axborot xavfsizligini ta'minlash sohasida hamkorlik to‘g‘risida Qo‘shma bayonot qabul qilindi. Tashrif doirasida jami 18ta ikki tomonlama hujjat imzolandi.
- Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan telefon orqali muloqotda bo‘lajak tashrif haqida gaplashgani, shuningdek, dekabr oyida Janubiy Koreyaga rasmiy tashrif bilan borishi haqida xabarlar berilgandi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Savdo urushlari: Trampning maqsadi nima?
Jahon | 19:21 / 09.04.2025
10 kunda 5 holat: Toshkentda liftda qamalib qolish ko‘paymoqda
Jamiyat | 18:07 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin prezident ekan harbiy jinoyatlar uchun sirtdan sud qilinmaydi - Euronews
Jahon | 05:20
-
Stiv Uitkoff Eronning yuqori martabali vakillari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazadi
Jahon | 00:11
-
Xitoy Trampning bojlariga javoban Hollivud filmlari importini qisqartiradi
Jahon | 23:36 / 10.04.2025
-
Bill Geyts farzandlariga milliardlab dollar meros qoldirmasligini ma’lum qildi
Jahon | 23:29 / 10.04.2025
Mavzuga oid

20:17 / 27.12.2024
Uchta viloyatda «bulutli» ma’lumotlar markazi ishga tushiriladi

07:50 / 27.12.2024
O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga amaliy tashrifi yakunlandi

20:15 / 26.12.2024
Mirziyoyev: YeOII davlatlari fuqarolariga ichki hujjatlari bilan O‘zbekistonga kirish imkonini berishga tayyormiz

21:19 / 21.12.2024